Innovatsion rivojlaniş vazirligida tarkibiy özgartirişlar yuz bermoqda, Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlaştiriş Prezident jamğarmasi, şuningdek Fanlar akademiyasining Ilmiy-texnikaviy markazi taşkil etilmoqda. Bu Prezidentning 6.08.2018 yildagi PQ–3899-son qarorida nazarda tutilgan, deb yozadi Norma.

Qaror zamonaviy talablar hisobga olingan holda fan va işlab çiqariş oqilona va samarali integratsiyalanişi, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasi va innovatsion faoliyat kompleks rivojlanişini ta'minlaş maqsadida qabul qilingan.  
 
Innovatsion rivojlaniş vazirligi tuzilmasida:

• ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy işlanmalari, texnologiyalari va boşqa innovatsion dasturlari tijoratlaştirilişi va transferini ta'minlaş uçun mas'ul bölgan vazir örinbosari qöşimça lavozimi joriy etilmoqda;
• innovatsion loyihalar natijalarini tijoratlaştiriş bölimi negizida Özbekiston Davlat byudjyeti mablağlari hisobiga moliyalaştiriladigan 11 ştat birligidan iborat boşqaruv xodimlari sonini qöşimça ravişda ajratgan holda ilmiy işlanmalar va texnologiyalarni tijoratlaştiriş va transfer qiliş boşqarmasi taşkil etilmoqda.
 
Quyidagilar yangi joriy etilayotgan lavozimdagi vazir örinbosarining asosiy vazifalari etib belgilangan:

• amaliy natijaga yönaltirilgan mahsulotlar va texnologiyalarni işlab çiqiş böyiça tadqiqotlarni ötkazişda Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining işini muvofiqlaştiriş;
• ilmiy-tadqiqot muassasalari amalga oşirayotgan ilmiy işlanmalarni iqtisodiy rentabelligi yuzasidan muntazam ravişda tahlil qiliş va tanlab oliş, şuningdek joriy etiş va tijoratlaştiriş;
• yuksak texnologik va tijoratlaştiriladigan mahsulotlarni işlab çiqiş maqsadida ilmiy, ilmiy-ta'lim muassasalari va işlab çiqariş sektori örtasida integratsiyani ta'minlaş;
• ilmiy va innovatsion faoliyat natijalari mualliflariga ilmiy-texnikaviy hujjatlar, biznes-rejalarni tayyorlaşda, texnologiyalarni patentlaş va litsenziyalaşda har tomonlama yordam beriş;
• ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlaştiriş tadbirlarini moliyalaştiriş uçun mahalliy va xorijiy investitsiyalar, xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari, mablağlarini jalb etiş işini taşkillaştiriş;