“Payğambarimiz sallallohu alayhi vasallam ilmga şu qadar e’tibor berganliklaridan hatto duşman tomondan asirlar tuşib qolsa, ularning içida ilmlilari bölsa, olimlari bölsa, öşalarga şart qöyardilar. Bizning ilmi yöq musulmonimizga ilm örgatsangiz, harf örgatsangiz sizlarni ozod qilamiz deganlar. Şuning uçun ilm-ma’rifat uçun xizmat qilişimiz kerak. Çunki ilm oliş farzmi, unga olib boradigan narsalarning özi ham farz hisoblanadi.

Endi şu bilimni bugungi kunda bizga nima hosil qiladi? Maktab, oliygohlar va ilm maskanlari – mana bular biz uçun juda muhim. Hozir tadbirkor, boy-badavlat kişilarning köpçiligi pulimizni qayerga sarflaylik, nima qilib bersak savob böladi, masjid quraylikmi, deb bizga murojaat qilyapti. Masjid qursangiz savob, maktab qursangiz, undan ham köp savob böladi deyapmiz.

Birodari aziz, maktab, şifoxona yöl qursangiz, sadaqai joriya böladi.  Bu nima degani? Payğambarimiz s.a.v. aytadilarki, bir inson olamdan ötsa uning amali kesiladi, ya’ni unga endi savob yozilişi töxtaydi. Lekin 3 toifa kişi borki, unga savob yozilib turaveradi. Birinçisi sadaqai joriya qilgan kişi. Birov maktab, şifoxona, köprik – köpçilik foydalanadigan inşootlarni qurib Alloh yöliga şunday taşlab ketsa, to öşa bino buzilib yöqolib ketgunça, haligi inson olamdan ötib ketganidan keyin neça yuz yil bölsa ham daftariga savob yozilib turadi. Yoki kitob yozsa, şogirdlar qoldirib ketsa, öşa kitobi öqilarkan u odamga savob yoziladi. Demak agar maktab qursa ham u sadaqai joriya bölyapti, ham öşa joyda kitob yozilyapti va öşa odam uçun juda katta savoblar borib turadi”, – dedi muftiy.