Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahullohning bir ajoyib gaplari bor: «Alloh subhanahu va taolo musulmonlarni qaerga joylaştirgan bölsa, şu yerning ostiga xazina ham solib qöygan». Darhaqiqat, qayerda musulmon xalqlar yaşasa, öşa yurtlarda yer osti boyliklari köp. Bugungi kunda turli nomlar bilan atalayotgan, turli balandparvoz şiorlar bilan olib borilayotgan qonli uruşlarning asl sababi ana şu moddiy boyliklarga ega bölişdir. U yerda heç qanday dinning dardi, millatning dardi yöq. Aqiydasi, dunyoqaraşi hali şakllanib ulgurmagan ayrim yoşlarimiz esa ana şu yaltiroq şiorlarga aldanib, qora kuçlarning mafkuraviy xurujlari ta'siriga tuşib qolmoqdalar. Şuning uçun bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri sof islomiy aqiydamizni örganiş va örgatiş, yoşlarimiz ongiga buzuq aqiydalar suqilib kirişining oldini olişdir.
Afsuski, bugungi kunda ba'zilar islomiy ilmni xalqaro axborot tarmoqlarida, internetda tarqalgan turli kitoblar, ovozli va tasvirli manbalardan örganişning özi yetarli, deb öylab yuribdi. Azizlar, nafaqat internetdagi turli şubhali manbalarning, hatto eng sahih kitobning ham özi haqiqiy ilm oliş uçun, çinakam islomiy dunyoqaraşni şakllantiriş uçun yetarli bölmaydi. Insoniyat tarixida samoviy kitoblarning eng buyuk törttasi maşhurdir. Bular Zabur, Tavrot, Injil va Qur'oni Karim. Biroq, barçamizga ma'lumki, insoniyatga jami 124 000 payğambar yuborilganligi rivoyat qilingan. Ehtimol, bundan köproq yoki ozroqdir, çunki har bir payğambarga ham Kitob nozil bölavermagan. Ammo har bir nabiy, har bir rasul, avvalo, öz ummati uçun muallim bölib, mudarris bölib kelgan. Agar samoviy kitobning özi yetarli bölganda edi, Alloh taolo mazkur törtta kitobni yuborib, yuz minglab payğambarni yubormagan bölardi. Şuning uçun bugungi kunda dinimizni, diniy ilmlarni örganiş boşqa, uni fahmlaş boşqa narsa ekanini anglab yetişimiz lozim. «Öqiş boşqa, uqiş boşqa», deydi dono xalqimiz.
Dinni fahmlaş Payğambar alayhissalomdan boşlangan bölib, u zotdan keyin sahobai kiromlardan, tobeinlardan va ulardan keyingi davom etib kelayotgan, qiyomatgaça davom etajak oltin silsila orqali fahmlanadi. Aks holda biz dinning mohiyatini emas, balki uning quruq suratini örganib, botinini anglamay, zohiriga ergaşib ketamiz. Bugungi kunda salafiylar deb atalayotganlarning bir muqtadosi 18-asrda Payğambar alayhissalom Ka'bani tuyada tavof qilganlar, demak tavofni tuyada qiliş sunnat deb, piyoda tavof qilganlarni tanqid qildi, hammani tuya bilan tavof qilişga buyurdi. Natija nima böldi? Ka'baning atrofini tuyaning tezagiga töldirib yubordi, xolos.
Payğambar alayhissalom Ka'bani tuyada tavof qilganlar, ammo bunda töplangan ming-minglab odam u zotni körsin, u zot hammaga körinib tursinlar, degan maqsad közlangan edi. Buning hikmati hamma u zotni körib, tavof amalini u zotdan örganişi edi. Qolaversa, u zotning tuyalari Ka'baning atrofiga bavl va barr qilmaslik haqida buyruq ham olgan edi. Ammo ğuluvga ketganlar buning farqiga bora olmaydilar.











