Light | 22:55 / 26.03.2017
59163
3 daqiqa o‘qiladi

Neft haqida har bir inson bilishi kerak bo‘lgan 5 fakt

Neft va uning bozorlardagi bahosini butun dunyo diqqat bilan kuzatib boradi.

Biroq "qora oltin" haqida shunday faktlar borki, OAV va televideniye bular haqida gapirmaslikni ma'qul ko‘rishadi. InsiderPro neft haqidagi 5 ma'lumot bilan bo‘lishdi.

 

1. Dunyo neftsiz ham mavjud bo‘la oladi

Albatta, hozirning o‘zidayoq neft yo‘q bo‘lib qolsa, bizning ahvolimiz taranglashadi. Shunga qaramay, neftni asta-sekinlik bilan energiyaning alternativ manbalari bilan almashtirilsa, buning hech qanday yomon tomoni yo‘q. So‘nggi o‘n yilliklarda esa bunday harakatlarga neft kompaniyalari tomonidan faol bosim o‘tkazib kelinmoqda.

 

2. AQSh aholisi dunyo aholisining atigi 5 foizini tashkil qilsa-da, mamlakat jahon neftining juda katta qismini iste'mol qiladi

AQSh jahon neftning taxminan 20-25 foizini iste'mol qiladi.

 

3. Mamlakatning neft resurslariga boyligi uning aholisi boyishini kafolatlamaydi

Neftga boy barcha mamlakatlar gullab-yashnaydi, degan fikrga borish noto‘g‘ri. BAAga nisbatan bunday ta'kid to‘g‘ri keladi, biroq hammaga ham birdek muvaffaqiyat kulib boqavermaydi.

 

Masalan, Nigeriya — Afrikadagi yirik neft ishlab chiqaruvchisi, u jahonda 10-12-o‘rinni egallaydi. Bundan tashqari, u neft zahirasi hajmi bo‘yicha barcha mamlakatlar orasida ilk o‘nlikka kiradi. Biroq, shunga qaramay, nigeriyaliklar o‘ta nochor kun kechirishadi. 2016 yil holatiga ko‘ra, u yerdagi aholi jon boshiga YaIM 2758 dol­la­rni tashkil etadi. Taqqoslash uchun AQShda mazkur ko‘rsatkich - 53 ming dollar, Rossiyada esa 8,8 ming dollar.

 

4. Neft — jahondagi mojarolar va urushlarning asosiy sabablaridan biri

Bunga bir necha misol keltiramiz:

  • Chak urushi (1932−1935)
  • Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi neft resurslari uchun janglar
  • Eron-Iroq "tanker" urishi (1980−1988)
  • Iroq-Kuvayt mojarosi (1991)
  • Niger deltasidagi ziddiyat (2004)
  • Sudan va Janubiy Sudan o‘rtasidagi chegara mojarosi (2012)
  • IShID terrorchi tashkilotiga qarshi harbiy operatsiya (2014-hozirgi kunga qadar)

 

5. Faqat neft tufayligina AQSh dollari jahon bozorlaridagi o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda

Umuman olganda, gap neft haqida emas, uning asosiy ishlab chiqaruvchilari yarim asr ilgari tuzilgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq savdoni dollarda yuritayotganlarida. Bunday bo‘lmaganda edi, dollar allaqachon inflyatsiya qurboni bo‘lgan bo‘lardi.

Mavzuga oid