Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
Prezident farmoni bilan, mas’ullarga 2025 yil oxiriga qadar Ai-80 benzini sotuvini cheklash uchun “barcha kuch va vositalarni safarbar etish” topshirig‘i berildi. Farmonga ko‘ra, bu jarayonda aholi sifatli, ekologik toza va arzon yonilg‘i bilan ta’minlanishi kerak.

Foto: Kun.uz
Prezident farmoni bilan, 2025 yilgi davlat dasturi tasdiqlandi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar quyidagi ikki vazifasi ijrosi uchun barcha kuch va resurslar safarbar etiladi:
- aholini sifatli, ekologik toza va arzon yonilg‘i bilan ta’minlagan holda, Ai–80 rusumli avtomobil yonilg‘isidan foydalanish va sotishni cheklash;
- respublikaning barcha hududlarida joylashgan issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalariga yonilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni to‘liq taqiqlash (avariyaviy yonilg‘i sifatida Ekologiya vazirligini xabardor qilib, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda foydalanish holatlari bundan mustasno).
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 24 sentabr kuni qabul qilingan prezident qarori bilan, Toshkent shahri va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalarida yonilg‘i sifatida mazutdan foydalanishni 2030 yildan boshlab taqiqlash, Yevro–4 standartidan past yonilg‘ilarni bosqichma-bosqich cheklashni esa 2028 yildan boshlash belgilangan edi.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya O‘zbekistonda organik mahsulotlar laboratoriyalarini ochmoqchi
O‘zbekiston | 14:10
-
Toshkentda “Yoshlar ovozi – Bo‘zatov FEST” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:30
-
Isroil havo kuchlari Suriyaga hujum qildi
Jahon | 13:24
-
XJS Netanyahu va Gallantni hibsga olishga order bergan sudyalarga qarshi AQSh sanksiyalarini qoraladi
Jahon | 13:22
Mavzuga oid

13:14
Global ekologik fondning VIII Assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

09:37 / 07.06.2025
Sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan AYoQShga 75 mln so‘m jarima qo‘llandi

18:50 / 03.06.2025