Statistika agentligi 2024 yildagi sanoat işlab çiqarişi böyiça hisobotni e’lon qildi.

Qayd etilişiça, ötgan yil davomida gaz qazib oliş hajmi 44,59 mlrd kub metrni taşkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,1 mlrd kub yoki 4,5 foizga qisqargan.

2024 yilning yanvar-dekabr oylaridagi gaz qazib oliş körsatkiçlari:

  • Yanvar – 3,99 mlrd kub (ötgan yilning mos davrida – 4,31 mlrd kub);
  • Fevral – 3,71 mlrd kub (3,85 mlrd kub);
  • Mart – 3,89 mlrd kub (4,16 mlrd kub);
  • Aprel – 3,7 mlrd kub (3,94 mlrd kub);
  • May – 3,52 mlrd kub (3,6 mlrd kub);
  • Iyun – 3,54 mlrd kub (3,7 mlrd kub);
  •  Iyul – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
  • Avgust – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
  • Sentyabr – 3,55 mlrd kub (3,7 mlrd kub);
  • Oktyabr – 3,6 mlrd kub (3,78 mlrd kub);
  • Noyabr – 3,67 mlrd kub (3,79 mlrd kub);
  • Dekabr – 3,8 mlrd kub (3,92 mlrd kub).

Ma’lumot uçun, 2022 yilda gaz qazib oliş 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgaça yoki 9,6 foizga qisqargandi.

2018-2024 yillar oraliğida tabiiy gaz qazib oliş dinamikasi quyidagiça bölgan:

  • 2018 yil – 61,59 mlrd kub metr;
  • 2019 yil – 60,71 mlrd kub metr;
  • 2020 yil – 49,77 mlrd kub metr;
  • 2021 yil – 53,8 mlrd kub metr;
  • 2022 yil – 51,67 mlrd kub metr;
  • 2023 yil – 46,71 mlrd kub metr;
  • 2024 yil – 44,59 mlrd kub metr.

Statistika raqamlariga qaraydigan bölsak, oxirgi 7 yilda gaz qazib oliş qariyb 28 foizga yoki 17 mlrd kub metrga kamaygan.

2024 yilda kömir qazib oliş 7 mln 166 ming tonnani taşkil etib, 2023 yilning mos davriga nisbatan 26,2 foizga oşgan.

Hisobot davrida neft qazib oliş 779 ming tonnadan 713 ming tonnaga (-8,5 foiz) kamaygan bölsa, gaz kondensati işlab çiqariş 1 mln 198 ming tonnadan 1 mln 214 ming tonnaga oşgan.

Ötgan yilda elektr energiyasi işlab çiqariş 2023 yilga nisbatan 4,6 foizga köpaygan. Xususan, 2023 yilda 77,67 mrld kWh elektr energiyasi işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç 2024 yilda 81,28 mlrd kWhʼgacha oşgan. Umumiy işlab çiqariş köpaygan bölsa-da, yirik korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan elektroenergiya hajmi 8 foizga kamaygan.

Hisobot davrida dizel yonilğisi işlab çiqariş 1 mln 12 tonnadan 949 ming tonnaga, benzin işlab çiqariş 1 mln 333 ming tonnadan 1 mln 282 ming tonnaga qisqargan.  

2024 yilda Özbekistonda 399 ming 327 dona maşina işlab çiqarilgan. Bu 2023 yilga nisbatan 3603 donaga köp.