01:13 / 26.03.2017
12963

Terma jamoalar o‘ynaydigan vaqtda PFL O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarini o‘tkazdi

Xalqaro o‘yinlar tufayli klublar tanaffusga chiqqan paytda PFL O‘zbekiston kubogining 1/16 final uchrashuvlarini o‘tkazdi va unda nimchorak finalga yo‘llanma olgan klublar nomiga oydinlik kiritildi.

1/16 finalning eng yirik natijasi Toshkentda qayd etilib, «Lokomotiv-BFK» Qarshi klubiga qarshi o‘yinda o‘z darvozasidan javobsiz 7 ta gol o‘tkazib yubordi.

Bosqichning yagona sensatsiyaga tortadigan natijasi Oliy liga vakili «Obod»ning mazkur bosqichda birinchi liga vakiliga imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketgani bo‘ldi. Vodiyga safar etgan toshkentliklar o‘z darvozasidan javobsiz 6 ta gol o‘tkazib yubordi.

Shuningdek, yana bir qiziqarli uchrashuv vodiy derbisida kuzatildi va unda «Neftchi» birinchi liganing yana bir ishtirokchisi «Andijon»ga qarshi maydonga tushib, penaltilar seriyasidagina g‘alabani o‘z tomoniga og‘jira oldi. 

Nimchorak final yo‘llanmasini shuningdek, «Nasaf», «Dinamo», «Buxoro» kabi jamoalar ham qo‘lga kiritishdi. Umuman olganda birgina «Obod»ni hisobga olmaganda boshqa barcha to‘qnashuvlarda Birinchi liga jamoalari Oliy liga klublari oldida ojiz qolishdi.

O‘zbekiston kubogi, 1/16 final

«O‘zDongJu» — «Buxoro» 0:1 (0:0)
Gol:
Boburjon Omonov (69).

«Lokomotiv-BFK» — «Nasaf» 0:7 (0:2)
Gollar:
Shahboz Erkinov (32, 66, 76, 80), Bobur Abdixoliqov (39), Sherzod A'zamov (63), Dilshod Rahmatullayev (87).

«Zomin» — «Dinamo» 1:2 (1:2)
Gollar:
Toshmatov (6) - Sulaymonov (16), Isroilov (22).
Chetlatish: Sa'diyev, 44 (Zomin).

«Xotira-79» — «Sho‘rtan» 1:2 (1:2)
Gollar:  
Anvar Xojimirzayev (41) - Zafar Polvonov (9, 35).

«Yozyovon-Lochinlari» — «Obod» 6:0
Gollar:
Maxtiraliyev (27, 29, 60), Ismoilov (51), Dadaboyev (59), Abdurahmonov (90+1).

«Norin» — «Qizilqum» 1:2 (0:2)
Gollar:
Ja'far Ismoilov, (62-pen) - Jasur Hasanov(7), Otabek Zokirov (20).

«NBU-Osiyo» — «Metallurg» 0:3 (0:2)
Gollar:
Zohid Abdullayev (41, 54, 90).

«Tsementchi» — «Olmaliq» 0:1 (0:1)
Gol:
Viktor Klishin (8).

«Istiqlol» — «Mash'al» 0:5 (0:1)
Gollar:
Mirzakamol Kamolov (14), Abdulloh Olimov (51, 88), Humoyun Murtazoyev (52), Shahzod Shaymanov (83).

«Andijon» — «Neftchi» 1:1 (0:0). penaltilar seriyasi — 3:5.
Gollar:
Anvar Berdiyev, 48 (1:0). Dmitriy Komarovskiy, 77 (1:1).
Chetlatishlar: Ibrohim Otaxonov (79) — Muzaffar Muzaffarov (85).

«Navbahor» — «Xorazm» 5:0 (1:0)
Gollar:
A'zam Aliyev (42), Ro‘zimboy Ahmedov (67-pen, 87), G‘iyos Komilov (82), Rashvan Xursanov (85).

«Surxon» — «Qo‘qon-1912» 0:2 (0:1)
Gollar:
Nosir Otaqo‘ziyev (22, 58).

Mavzuga oid
Top