Özbekiston prezidenti 24 mart kuni sport sohasini moliyalaştiriş mexanizmlari yuzasidan qaror imzoladi.
Qarorga asosan, Sport vazirligi huzurida Sport sohasida taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etildi. Jamğarma davlat budjeti va boşqa manbalardan moliyalaştiriladi.
Davlat iştirokidagi korxonalarning sport sohasi uçun ajratadigan homiylik mablağlari ham şu Jamğarmaga yönaltiriladi. Qaysi korxona qança homiylik qilişini Respublikasi komissiyasi belgilaydi (Administratsiya bilan kelişgan holda).
2026 yilda Jamğarmaga davlat budjetidan 700 mlrd söm ajratiladi. Şu mablağ hisobidan, Superligadagi har bir futbol klubiga joriy yilda 35 mlrd sömdan (16 ta klubga jami 560 mlrd söm) beriladi.
2027 yilda Superliga klublariga 30 mlrd sömdan, 2028 yilda 25 mlrd sömdan beriladi.
2026 yil 1 apreldan 2029 yil 1 aprelga qadar Superliga va Pro-ligada iştirok etuvçi futbol klublarining futbolçilari jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini tölaşdan ozod etiladi va ular uçun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz böladi. Bu imtiyoz muayyan tartibda boşqa sport turlari böyiça murabbiylarga, şu jumladan xorijlik trenerlarga ham taalluqli böladi.
Sport federatsiyalariga rahbar sifatida saylangan davlat taşkilotlari rahbarlariga huquq berildi: endi ular özi boşqarayotgan davlat taşkilotining budjetdan taşqari mablağlari hisobidan özi boşqarayotgan sport uyuşmasiga pul berişi mumkin. Bunda Respublika komissiyasi bilan kelişiş talab etiladi. Bunday huquq – sport uyuşmalariga rahbar sifatida saylangan davlat iştirokidagi korxonalarning raislariga ham tegişli.
Federatsiyalar rahbarlari – sohaga tadbirkorlarni jalb etişga şaxsan mas’ul deb belgilandi.









