Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
65 yashar marafonchi Toshkent-Nukus yo‘nalishi bo‘ylab piyoda yo‘lga tushdi
2017 yil 25 mart kuni 65 yoshli Abdujabbor Xolboyev 1300 km. lik Toshkent-Nukus yo‘nalishi bo‘ylab ekomarofonga (piyoda) yo‘lga chiqib ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Abdujabbor Xolboyev ayni kunlarda Sirdaryo viloyati, Baxt shahridan o‘tib ketmoqda.

Ma'lumot o‘rnida: A.Xolboyev bundan 2016 yilda Amir Temur tavalludining 680 yillik tantanasi munosabati bilan Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahrigacha 680 km.lik yo‘lni piyoda bosib o‘tib, yo‘lda kelish davomida 680 dona daraxt ekib kelgan edi.
Bundan tashqari, Qamashi tumanidagi o‘zi tug‘ilib o‘sgan Badaxshon qishlog‘idan Langar ota (37 km.), Badaxshon — Hazrati Bashir (1 kunda, 93 km.), Badaxshon — Buxoro (4 kunda, 247 km.), Badaxshon — Amir Temur g‘ori (Yakkabog‘ tumani, 2 kunda, 87 km.), Badaxshon — Termiz (5 kunda, 282 km.), Qamashi — Samarqand — Imom Buxoriy ziyoratgohi (3 kunda, 162 km.) yo‘nalishlaridagi masofalarni piyoda bosib o‘tgan.
Mavzuga oid
19:13 / 29.04.2026
Toshkentda 12 ta sun’iy ko‘l tashkil etiladi
17:33 / 27.04.2026
Piskentdagi suv ta’minoti obyektida 14 km quvur talon-toroj qilindi
15:30 / 27.04.2026
“Peshlavhani uch marta o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi” - tadbirkorlar Toshkent dizayn-kodidan nega norozi?
22:59 / 26.04.2026