Iordaniyada Toşkent va Ammon şaharlari örtasida muntazam töğridan-töğri aviaqatnovlarning boşlanişi munosabati bilan Özbekistondagi sayyohlik imkoniyatlariga bağişlangan taqdimot bölib ötdi.

Unda qatnaşçilarga Özbekistonning tarixiy-madaniy merosi, me’moriy obidalari, Samarqand, Buxoro, Xiva va Şahrisabz kabi tarixiy şaharlar böylab sayyohlik yönalişlari haqida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinişiça, “Royal Jordanian Airlines” aviakompaniyasining ilk muntazam töğridan-töğri parvozi joriy yilning 30 iyun kuniga rejalaştirilgan.

Jadvalga muvofiq, RJ196 reysi Ammon xalqaro aeroportidan mahalliy vaqt bilan soat 22:50 da parvoz qilib, keyingi kuni soat 05:25 da Toşkent xalqaro aeroportiga qönadi.

Ikki poytaxtni boğlaydigan uşbu yönaliş mamlakatlar örtasidagi masofa va vaqtni sezilarli darajada qisqartirib, turizm, savdo, investitsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş uçun keng imkoniyatlar yaratişi kutilmoqda.