Jahon | 19:09 / 27.03.2017
5540
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonadagi EXPO-2017 ko‘rgazmasiga 5 milliondan ortiq kishi kelishi kutilmoqda

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida EXPO-2017 xalqaro energetika ko‘rgazmasi 10 iyun-10 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Ostona EXPO-2017» boshqaruv raisi o‘rinbosari Yerbol Shormanov xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, maydoni 174 gektar keluvchi ko‘rgazma hududida qurilish va montaj ishlari deyarli yakunlandi. Ko‘rgazmada ishtirok etishni 115 mamlakat va 20ta xalqaro tashkilot tasdiqladi.

Ko‘rgazma ochilishidan uch oy avval pavilonlarni jihozlash bo‘yicha ishlar boshlandi, deb xabar berdi boshqaruv raisi o‘rinbosari.

«Ko‘rgazma doirasida taxminan uch mingga yaqin madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Sayyohlarni jalb etish uchun ko‘plab davlatlarda Road show’lar o‘tkazdik», - dedi Shormanov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, besh milliondan ortiq kishi tashrif buyurishi kutilayotgan ko‘rgazma Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid