Jamiyat | 21:51 / 27.03.2017
168073
2 daqiqa o‘qiladi

"Tuxum oldin paydo bo‘lganmi yoki tovuq?" degan azaliy savolga javob topildi

Buyuk britaniyalik olimlar "Tuxum oldin paydo bo‘lganmi yoki tovuq?" degan azaliy bahsga nuqta qo‘yishdi. Ular buning uchun katta ko‘lamdagi tadqiqot o‘tkazishdi. Bu haqda FAN axborot agentligi xabar bermoqda. 

Tadqiqotga ko‘ra, tuxum po‘chog‘ini shakllantirishda asosiy rol o‘ynovchi proteinlardan biri OS-17 tovuq organizmidan tashqarida ishlab chiqarila olinmasligi aniqlandi. U faqatgina tovuq tuxumdonida ishlab chiqarilar ekan. Olimlar bunday xulosaga HECToR kompyuteri yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasida kelishdi. Ushbu texnologiya tovuq tuxumini shakllanishining barcha bosqichlarida batafsil o‘rganish imkonini berdi. 

Avvalroq biologlar OS-17 proteinining roli haqida hech narsa bilishmagan, biroq shunga o‘xshash birikmalar boshqa qushlarning tuxumlari po‘stlog‘ini shakllantirishda yordam berishi ma'lum bo‘lgan.

Shu tariqa, britaniyalik olimlar zamonaviy fandagi eng bahsli savollardan biriga javob topishdi: tovuq tuxumdan oldin paydo bo‘lgan! Bungacha tuxum birinchi paydo bo‘lgani g‘oyasi tarafdorlari o‘zlarining haqliklarini tuxum ichida rivojlanish tovuqlar paydo bo‘lishidan ancha oldin mavjud bo‘lgani bilan tushuntirib kelishgandi.

Bu orada Fransiyadagi Kyuri instituti olimlari itlarni ko‘krak bezi saratonini hidga ko‘ra bexato aniqlashga o‘rgatdilar. Ta'kidlanishicha, zararli o‘simta paydo bo‘lganda tana o‘ziga xos hid tarqata boshlaydi va it shu hidga ko‘ra o‘simta borligini aniqlay oladi.

Mavzuga oid