Buyuk Britaniyadagi kimoşdi savdosida juda noyob va ideal darajada dumaloq şaklga ega tovuq tuxumi 550 dollarga sotildi. Bu haqda New York Post xabar berdi.

Savdo taşkilotçilari uşbu tuxumni “milliard donadan bitta” deb atadi. Uni Rojdestvo bayrami arafasida Fenton fermasidan topib olişgan. Ferma işçisi Elison Grin odamlarning tuxumga pul taklif etişi jarayonini katta hayajon bilan kuzatganini aytdi. Ayol barça savdo iştirokçilariga öz minnatdorçiligini bildirdi.

Sotuvdan tuşgan mablağ jinsiy zöravonlik va şafqatsiz munosabat qurbonlarini qöllab-quvvatlovçi Devon Rape Crisis xayriya jamğarmasiga yönaltirildi. Noodatiy mahsulotni kim sotib olgani oşkor qilinmadi.

Avvalroq Nyu York hayvonot boği pingvin va jirafalar tomonidan çizilgan rasmlarni kimoşdi savdosiga qöyişi haqida xabar berilgandi. Töplangan mablağ hayvonot boği va jonivorlarning ehtiyojlariga sarflanadi.