Sport | 09:48 / 27.03.2017
4460
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralash bosqichi: Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya va Slovakiya raqiblarini yengdi

2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichining 5-turida S guruhi vakillari Shimoliy Irlandiya va Norvegiya terma jamoalari uchrashdi. Shimoliy Irlandiyadagi "Uindzor Park" stadionida o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ikkala to‘p ham 1-bo‘limda kiritilgan. Irlandlar safida to‘plarni Jyeymi Uord va Konor Vashington kiritdilar.

JCh-2018, Yevropa, S guruhi, 5-tur

Shimoliy Irlandiya – Norvegiya – 2 : 0 

Gollar: 1:0, Uord (2); 2:0, Vashington (33)

Ayni vaqtda guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda: 1. Germaniya – 15 ochko; 2. Shimoliy Irlandiya – 10; 3. Chexiya – 8; 4. Ozarboyjon – 7; 5. Norvegiya – 3; 6. San-Marino – 0.

F guruhida ham 2 uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shotlandiya o‘z maydonida Sloveniyani qabul qildi va uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani ilib ketdi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni Kris Martin 88-daqiqada kiritdi.

Guruhdagi yana bir uchrashuvda Slovakiya mehmonda Maltani 1:3 hisobida yutdi. G‘olib jamoa safida gollarni Vladimir Vayss, Yan Gregush va Adam Nemets kiritdilar. Mezbonlarning yagona to‘pini Jan-Pol Farruja o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. 

JCh-2018, Yevropa, F guruhi, 5-tur

Shotlandiya – Sloveniya – 1 : 0

Gol: 1:0, Martin (88)

Malta – Slovakiya – 1 : 3

Gollar: 0:1, Vayss (2); 1:1, Farruja (14); 1:2, Gregush (41); 1:3, Nemets (84)
Chetlatishlar: Farruja, 78 (Malta)  – Nemets, 90+1 (Slovakiya)

Ayni vaqtda guruhdagi vaziyat quyidagicha ko‘rinishda: 1. Angliya – 13 ochko; 2. Slovakiya – 9; 3. Sloveniya – 8; 4. Litva – 5; 5. Shotlandiya – 4; 6. Malta – 0.

Mavzuga oid