Jahon | 12:46 / 28.03.2017
3543
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada tabiiy hodisalar vaqtidagi maxsus dastur ishga tushirildi

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull Kvinslend shtatida tabiiy ofatlar vaqtida ishga tushiriladigan federal dastur joriy qilinganini e'lon qildi. Mamlakat shimoli-sharqiga dahshatli tropik siklon "Debbi" kirib kelishi shunday qaror qabul qilishga sabab bo‘lgan. U 28 mart tushdan so‘ng, sohil chegaralariga yetib kelgan.

"Kvinslend shimoli-sharqidagi vaziyat keskin yomonlashayapti", - degan hukumat rahbari parlamentdagi chiqishida. Uning so‘zlariga ko‘ra, tabiiy ofat qoq markazida shamol kuchi soatiga 270 kmni tashkil etmoqda. 

"Tabiiy ofat mintaqasiga mingga yaqin harbiy jo‘natildi, ular yordam berishga to‘liq shay", - deb ta'kidlagan Ternbull. Uning aytishicha, qutqaruvchilar ishiga brigada generali Kristofer Fild rahbarlik qiladi. U 2011 yilda ham Kvinslenddagi tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini boshqargan. 

Avstraliya sug‘urta kompaniyalari milliy kengashi "Debbi" to‘fonini haqiqiy tabiiy ofat deb atadi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid