Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron yana 1:0 hisobida g‘alaba qozonib mundialga eng yaqin terma jamoalardan biriga aylandi
O‘zbekiston terma jamoasining JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhidagi raqiblari Eron va Xitoy terma jamoalari 7-turda o‘zaro to‘qnashdi.
Tehrondagi “Ozodi”maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Eron terma jamoasi kichik – 1:0 hisobida ustun keldi. Uchrashuvdagi yagona golga 46-daqiqada Mehdi Taremi mualliflik qildi.
Mazkur uchrashuvdan keyin Eron terma jamoasi 17 ochko bilan A guruhida peshqadamlikni mustahkamlab oldi. E'tiborli jihati Karlos Keyrush shogirdlari guruhdagi avvalgi 6 turdan 5 o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan, yana bir uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan. Xitoy termasi esa 5 ochko bilan hozircha so‘nggi – 6-o‘ringa pastladi.
Avvalroq A guruhdagi boshqa raqiblar – Janubiy Koreya terma jamoasi Suriyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar berilgandi.
JCh–2018 saralashi, 7-tur
Eron – Xitoy 1:0
Gol: Mehdi Taremi (46)
Ogohlantirishlar: Izzatulloh (37), Shojai (39), Jahonbahsh (61)
Mavzuga oid
09:49
Ispaniya Erondagi urushda ishtirok etayotgan samolyotlar uchun osmonini yopdi
09:09
Tramp: Eron bilan kelishuv bo‘lmasa, qattiq zarba beriladi
21:33 / 30.03.2026
Eronning arzon dronlari qanday qilib urush olib borish usullarini o‘zgartiryapti?
18:43 / 30.03.2026