Merkel bloki va GSDPda Bundestag sayloviga yarim yil qolganda bir xil reyting
"Yashillar" va so‘llar reytingi o‘zgarmagan, Erkin demokratik partiya va "Germaniya uchun muqobilliklar"dagi populistlar 0,5 foiz punkt yo‘qotishdi.
GFR kansleri Angela Merkel boshqarayotgan Xristian demekratlar va xristan-sotsialistlar ittifoqi (XDI/XSI) konservativ bloki so‘nggi hafta ichida siyosiy mashhurligini bir foizga oshirib, 32 foizga yetkazib, bu borada Germaniya sotsial demokratik partiyasi (GSDP)ga yetib oldi.
Bugun Bild gazetasida nashr etilgan INSA sotsiologik xizmatining so‘rovnomalari natijasi ana shunday.
"Yashillar" reytingi o‘zgarmagan va hamon 6,5 foiz jarajasida saqlanib turibdi, so‘llarning mashhurligiga ham putur yetmagan — 8,5 foiz. Hozir partlamentdan o‘rin olmagan Erkin demokratik partiya 6 foiz jamg‘argan (-0,5 foiz). "Germaniya uchun muqobilliklar"dagi populistlarga elektoratning 11 foizi ishonch bildirib turibdi (-0,5 foiz).
So‘rovnoamada 2 mingdan ziyod kishi qatnashgan.
Saylovga yarim yil qolganda
Hukumat shakllantirilib, yangi kanslerni aniqlab beruvchi Germaniya parlamentiga yaqin saylov 24 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda aholi partiyalar uchun ovoz beradi va o‘z navbatida partiyalar vazirlar mahkamasi rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ilgari suradi. Agar hech bir partiya absolyut ko‘p ovoz jamg‘ara olmasa, partiyalararo koalitsiya shakllantirish jarayoni boshlanadi — siyosiy kuchlar bir birlari bilan blok tuzish haqida shartlashadi.
Ayni paytda GFRni nemis siyosiy an'analariga ko‘ra "katta" deb nomlanuvchi koalitsiya — XDI/XSI va GSDP boshqarmoqda. To‘rt yil muqaddam konservatorlar ko‘proq ovoz olgan siyosiy kuchlar maqomida kanller lavozimiga Angela Merkel nomzodini ilgari surgan, sotsial-demokratlar esa hukumatga o‘z vitse-kansleri Zigmar Gabrielni o‘tkazishgan. Shu partiyalar o‘rtasida vazirlar lavozimlari ham taqsimlab olingan.
Ayni paytdagi so‘rovnomalarga ko‘ra yana XDI/XSI va sotsial-demokratlar ko‘pchilik ovozga ega bo‘ladi. Bu holatda yana ular kansler lavozimi borasida bir to‘xtamga kelishlari lozim bo‘ladi — krnservatorlardan bu lavozimga yana Angela Merkel nomzod, "qizillar"dan esa Yevroparlamentning sobiq rahbari - uning sharofati bilan GSDP so‘nggi oylarda yana katta saylovoldi poygalarida qatnashishga muyassar bo‘lgan Martin Shults ilgari surilmoqda.
Muqobil koalitsiya sifatida sotsial-demokratlar, so‘llar va "yashillar"dan iborat ittifoq ham ko‘rib chiqılmoqda, lekin bu uch partiya INSA reytingiga ko‘ra ko‘pchilik ovozga ega emas. Bu ovozlar Merkel boshchiligidagi konservatorlarni muxolifatga o‘tkazib yuborish uchun yetarli bo‘lmasligi tayin.
"Shults effekti" saqlanib turibdi
Yil boshida GSDP reytingi XDI/XSI reytingidan 10-12 foiz puunktiga kamroq edi. Sotsial-demokratlar kansler lavozimiga Yevroparlamentning sobiq rahbari nomzodini ilgari sura boshlagach, ortda qolishni qisqartira boshlashdi. Nemis ommaviy axborot vositalarida "qizillar"ning reytingi keskin o‘sa boshlaganini "Shults effekti" deb nomlay boshlashdi, biroq u qancha vaqt davom etishi so‘roq ostida turgan edi. "Bu effekt hamon o‘z ta'sirini yo‘qotgani yo‘q va GSDPning konservatorlar bilan bir xil darajada bo‘lishini ta'minlamoqda", — deya so‘nggi so‘rovnomalar natijalarini izohlagan INSA rahbari Herman Binkert.
Mavzuga oid
19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida
19:59 / 07.12.2021
Dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida 11 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi
09:41 / 05.12.2021
Merkel Germaniya xalqiga so‘nggi bor murojaat qildi
10:29 / 03.12.2021