Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Yevropa atom energiyasi hamjamiyatini tark etadi
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etgandan keyin Yevropa atom energiyasi hamjamiyatidagi (Yevratom) a'zoligini to‘xtatadi, deb aytildi Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Yevropa kengashi rahbari Donald Tuskga maktubida. Maktubda Mey Tuskni Birlashgan Qirollikning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi jarayoni boshlanishidan xabardor qilgan.
Britaniyaning YeIdagi doimiy vakili Tim Barrou 29 mart kuni Tuskga ushbu maktubni topshirgan.
Lissabon kelishuvining 50-moddasida bayon qilingan qoidalarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqini tark etmoqchi bo‘lgan davlat YeIni bu haqdagi rasmiy ogohlantirishni yuborgandan keyin 2 yildan keyin tark etishi kerak. Shu tariqa Buyuk Britaniya YeIni 2019 yil 29 martda tark etishi kerak.
Yevratom YeIga a'zo davlatlar tomondan yadro energetikasidan tinchlik yo‘lida foydalanishni rivojlantirish, umumiy energetik siyosatni shakllantirish, energiya tashuvchilar narxini pasaytirish, atom energetikasini nazorat qilishni ta'minlashda ko‘mak beradi.
Mavzuga oid
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026
Morgan ko‘z uzish imkonsiz retro dizaynli avtomobilni taqdim qildi
08:50 / 26.06.2026