Toshkentda avtomobillarni olib qochish va o‘g‘rilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Toshkent shahrida avtomobillar bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 1997 yilda tug‘ilgan Zahro Usmonova, Shahboz Sultonov, 20 yoshli Rustam Sagdaxanov hamda 2000 yilda tavallud topgan Georgiy Andreyev poytaxtda avtomobillar bilan bog‘liq bir necha jinoyatlar sodir etishgan. Ular joriy yilning 26 yanvar kuni Mirzo-Ulug‘bek tumanida “Neksiya” avtomobilini olib qochib ketishgan. Shuningdek xuddi shu tumanning Qodirova ko‘chasi yaqinidagi uylardan birining oldida turgan “Neksiya-2” mashinasining qulfini buzib, undan avtomagnitola, videoqayd etish uskunasi va besh million so‘m pul mablag‘ni o‘marishgan.
Bundan tashqari, jinoiy guruh Yunusobod tumanining to‘qqizinchi mavzesida ham “Neksiya” avtomobilini olib qochishga harakat qilishgan, ammo u o‘t olmagach, tashlab ketishgan.
Jinoyatchilar Yunusobod tumanida qoldirilgan hamda ilmiy-tadqiqot institutlaridan biriga tegishli bo‘lgan yana bir “Neksiya”ni ham ko‘z ostilariga olishgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilardan biri – 19 yoshli qiz karate bilan shug‘ullangan hamda uning yonidan pichoq topilgan.
Ayni damda ushbu holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024