Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqiga milliardlab yevro to‘lash niyatida emas
Buyuk Britaniya Yevropa ittifoqiga o‘zining YeIdagi a'zoligi to‘xtatilishi uchun tovon puli sifatida yirik mablag‘larni to‘lab bermaydi. Bu haqda Birlashgan Qirollikning Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishi masalalari bo‘yicha vaziri Devid Devis ITV telekanaliga bergan intervyusi vaqtida aytib o‘tdi.
"Aslida bunday murojaatlar bizga kelib tushmadi, - deya ma'lum qildi Devis. – Bu holatdagi pozitsiyamiz juda oddiy: biz barcha majburiyatlarni bajaramiz, sababi qonunga itoatkor davlatmiz. Biroq qandaydir katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘tkazib berishimiz so‘roq ostida".
Avvalroq YeIning Brexit bo‘yicha bosh muzokarachisi Mishel Barne ayni damda London va Bryussel o‘rtasidagi kelishuvda Buyuk Britaniyaning 50-60 mlrd. yevro miqdoridagi majburiyatlari qoplanishi nazarda tutilishi ustida ish olib borayotgani xabar berilgandi. Gap, YeIda yashovchi britaniyaliklarga pensiya to‘lash, kreditlar bo‘yicha kafolatlar taqdim etish, shuningdek boshqa xarajatlar haqida bormoqda. Bu summaning yakuniy darajasi Yevropa ittifoqi va Birlashgan Qirollikning Brexit bo‘yicha muzokaralarida bosh mavzulardan biriga aylanadi.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi kengashi rahbari Donald Tusk Brexit jarayoni boshlangani haqidagi ogohlantiruvchi maktubni qabul qilib olgani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026