Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi birinçi örinbosari Sodiq Safoyev boşçiligidagi parlament delegatsiyasi Gruziyaga taşrif buyurdi. Bu taşrifdan közlangan maqsad nima? Özbekiston uçun Gruziya nimasi bilan qiziq? Taniqli özbek iqtisodçisi Baxtiyor Ergaşev EADaily muxbirining qator dolzarb savollariga javob qaytardi.
«Gruziyaga qadar özbek parlamenti delegatsiyasi Ozarboyjonga ham bordi. Bu davlat rahbariyati bilan jiddiy suhbat böldi. Gap Kavkaz transport yölagi haqida bormoqda. Tbilisiga taşrif esa delegatsiya katta safarining bir qismi», - deydi Ergaşev.
Şuningdek Ergaşevning sözlariga köra, Bokuda ham, Tbilisida ham köplab masalalar muhokama qilinmoqda. Biroq eng asosiy mavzu Özbekiston, Ozarboyjon va Gruziya örtasida transport-kommunikatsiya hamkorligini yölga qöyiş ekan.
Bundan taşqari, Baxtiyor Ergaşevning ma'lum qilişiça, Bokudagi muzokaralarning eng asosiy yakuniy hujjati bayonnoma böladi. Ayni damda Boku-Tbilisi-Kars temir yölini quriş böyiça işlar yakunlanmoqda. Bu yöl Bokudan Gruziya orqali Turkiyaga çiqiş imkonini beradi, keyinçalik bu davlat orqali Örta yer dengizidagi Mersin portiga çiqiş mumkin. Bu esa – Örta va Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika, Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalaridan darak beradi.
Şu tariqa, bu delegatsiyaning taşrifi, imzolanadigan bayonnomalar Özbekistondan Mersin portiga qadar yuklarni töğridan-töğri yetkazib berişga xizmat qilişi mumkin ekan.
Yönalişning barça davlatlarida tariflar bir xil bölişi haqidagi savolga javob berar ekan, janob Ergaşev şunday dedi: “Gap hozirça BTK (ya'ni Ozarboyjon, Gruziya, Turkiya) yönalişidagi oçiq tariflar haqida bormoqda. Xuddi şunday tarifni qöllaş haqidagi masala Özbekiston va Turkmaniston örtasida ham muhokama qilinmoqda. Agarda bu masalada kelişuvga erişilsa, Özbekistondan Turkiyaga qadar bölgan yagona oçiq tarifga ega bölamiz”.
Baxtiyor Ergaşevning aytişiça, bu transport xarajatlarini kamaytiriş, yuklar ötiş tezligining oşişi, bu yönaliş böylab yuklar olib ötilişi qiymatini pasaytiriş imkonini beradi. TRASeKA ğoyasi – Turkiya-Kavkaz-Turkmaniston-Özbekiston Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston transport yölagi haqiqatdan ham quriladigan bölsa, özining mantiqiy davomiga ega böladi.
Iqtisodçining sözlariga köra, Özbekiston uçun barça yönalişlarda transport yölaklarini taşkil etiş, bu iqtisodiy jihatdan juda muhim masala.
Ergaşev Özbekistonning import örnini töldiriş siyosati haqida gapirar ekan, şunday dedi: “Özbekiston yöllarni yopgani yöq, balki juda kuçli tarif-bojxona rejimini kiritgandi. Masalan, avtomobillarga tariflar – 100 foizdan köproq. Bu holat faqatgina Özbekiston va Hindistonda. Bu öz işlab çiqaruvçilarini qöllab-quvvatlaş maqsadida qilindi. Biroq transport loyihalari amalga oşirilsa, bu import örnini töldiriş siyosatiga ta'sir körsatmaydi. Tranzit davlati böliş va özining kommunikatsiya yöllari oçiş mumkin, biroq şu bilan birga, juda kuçli tarif-bojxona rejimini saqlab qolişning ham iloji bor. Örta muddatli istiqbolda bunday sxema saqlab qolinadi. Biroq heç kim faqatgina tranzit davlati bölib qolişni istamaydi. Özbekistonda yangi sanoat işlab çiqarişlarni taşkil etişga yönaltirilgan juda kuçli sanoat siyosati bor. Sanoat mahsulotlariga esa uni ötkaziş bozorlari kerak. Albatta, yaqin orada tovar yölidagi bojxona-tarif tösiqlari darajasi asta-sekin pasayişini körişimiz mumkin”.
















