Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunyodkor»ning barcha futbolchilari oyligi Jyeparovning bir oylik maoshiga teng ekani aytildi
«Bunyodkor» bosh murabbiyi Sergey Lushchan jamoadagi muammolar haqida gapira turib, klub jamoada yetakchilik qilishi mumkin bo‘lgan Server Jyeparov kabi futbolchini sotib ololmasligini aytdi.
«Yetakchi? Agarda maydonda har uchta to‘p uzatmadan keyin adashaversang, xatolarga yo‘l qo‘yaversang, qanday qilib yetakchi bo‘lasan? Yetakchi bu maydonda deyarli xato qilmaydigan, jamoani o‘z ortidan ergashtira oladigan futbolchi bo‘ladi. Bizda bu kabi futbolchi yo‘q! Adashmasam, buni uchinchi yildirki qaytaryapman. Avval Qosimov bo‘lardi, ammo hozir bizda Mirjalol yo‘q.
Jyeparovni taklif etish kerak? Nimalar deyapsiz, uning bir oylik maoshini bizda butun jamoa oylik qilib oladi. Agarda yarim oyligi bo‘lmasa...
Jyeparov boy inson, u o‘ziga shuni ep ko‘ra oladi. Chunki u kuchli futbolchi. Buni isbotlagan va bugun topayotgan pullariga peshona teri bilan erishgan», degan Lushchan.
Mavzuga oid
16:40 / 16.10.2025
Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi
14:18 / 23.09.2025
«Bunyodkor» klubi murabbiyi vafot etdi
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024