Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sensatsiyalarga boy tur. «Paxtakor» va «Dinamo»da mag‘lubiyat, «Lokomotiv» peshqadamga aylandi
Oliy ligada 4-turga yakun yasaldi. 30 mart kuni «Nasaf» «So‘g‘diyona» ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishgan, «Bunyodkor» esa «Obod» bilan durang o‘ynagandi. Bugun yana 6 uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Metallurg» – «Sho‘rtan»
Bekobodning «Metallurg» klubi G‘uzorning «Sho‘rtan» jamoasini qabul qildi va 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alaba bekobodliklarning bu mavsumdagi birinchi zafarli yurishi bo‘ldi. Jamoa 3 uchrashuvda 3 ochko to‘plagan, Sho‘rtan esa 4 uchrashuvda 3 ochkoga ega bo‘lib turibdi.
«Neftchi» – «Qo‘qon-1912»
Farg‘ona derbisida «Neftchi» «Qo‘qon-1912» jamoasini qabul qildi va so‘nggi uch yilda ikkinchi marta o‘z uyida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ushbu o‘yindagi g‘alabadan keyin «Qo‘qon-1912» to‘plagan ochkolar soni 7taga yetdi va jamoa «Navbahor» bilan bir xil natija qayd etgan holda 4-o‘rinni bo‘lishib turibdi. «Neftchi» esa birorta uchrashuvda ham g‘alaba qozona olmagan holda 2 ochko to‘plagan va 15-pog‘onada bormoqda.
«Dinamo» – «Navbahor»
Oliy liganing 4-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Unda chempionatda peshqadamlik qilayotgan «Dinamo» kutilmaganda imkoniyat boy berib qo‘ydi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Oybek Qilichev Naumov bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib hisob ochgandi. Ushbu gol uchrashuv oxiriga qadar o‘zgarmay qoldi.
Natijada «Dinamo» oliy ligadagi dastlabki mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Jamoa 9 ochko bilan hamon yetakchilar qatorida bormoqda. «Navbahor» esa Oliy ligadagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 7taga yetkazib, turnir jadvalida 3-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
«Mash'al» – «Paxtakor»
«Paxtakor» Muborakda tor-mor etildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida gol kiritilmadi. Igor Sergeyev tomonidan kiritilgan gol esa ofsayd bo‘lgani uchun hisobga olinmadi. Ikkinchi bo‘limni esa mehmonlar ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdi. 70-daqiqada Iskandar Shoyqulovning 25 metrlar bergan zarbasini Lobanov qaytara olmadi va hisob ochildi. 80-daqiqada farq ikkita oshdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushirilgan Kenja To‘rayev hisobdagi farqni ikkitaga oshirgan bo‘lsa, Humoyun Murtazoyev hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqlarada yakuniy natijani o‘rnatdi.
Shu tariqa «Paxtakor» o‘z tarixida birinchi marta Muborakda yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. G‘alabadan keyin «Mash'al» hisobidagi ochkolar soni 9taga yetdi va jamoa «Nasaf» va «Dinamo» bilan bir xil ochko to‘plagan holda peshqadamlardan biriga aylandi. «Paxtakor» esa 4 uchrashuvda 4 ochko to‘plab 9-o‘rinda bormoqda.
«Lokomotiv» – «Olmaliq»
«Lokomotiv» yirik hisobda g‘alaba qozondi va peshqadamga aylandi. Amaldagi chempion «Lokomotiv» o‘z maydonida «Olmaliq»ni qabul qilib, 5:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Toshkentlik jamoasi safida To‘xtaxo‘jayev, Aliboyev, Mirzayev, Masharipov hamda Bikmayev bittadan gol urishdi.
Endi «Lokomotiv» turnir jadvalida 9 ochko bilan birinchi o‘rinda. Jamoa ikkinchi o‘rindagi «Nasaf»ni to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirmoqda.
«Qizilqum» – «Buxoro»
«Buxoro» safarda «Qizilqum»ni kichik hisobda taslim etdi. O‘yinning 38-daqiqasida Veytser tomonidan kiritilgan yagona gol buxoroliklar jamoasiga g‘alaba keltirdi.
O‘zbekiston Oliy ligasi, 4-tur
«Metallurg» — «Sho‘rtan» 4:2
Gollar: Dilmurod Karimov, 2 (1:0). Sardor Sobirxo‘jayev, 19 (1:1). Doniyor Odilov, 27 (2:1). Islom Qobilov, 39 (3:1). Dilmurod Karimov, 57-pen (4:1). Otabek Narzullayev, 90+1 (4:2).
«Neftchi» — «Qo‘qon—1912» 1:2
Gollar: Filipp Rayevats, 19 (0:1). Sherzod Hakimov, 63 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 79 (1:2).
«Dinamo» — «Navbahor» 0:1
Gol: Oybek Qilichev, 15 (0:1).
Chetlatish: Oybek Qilichev, 76 (zaxiradan).
«Mash'al» — «Paxtakor» 3:0
Gollar: Iskandar Shoyqulov, 69 (1:0). Kenja To‘rayev, 80 (2:0). Humoyun Murtazoyev, 90+3 (3:0).
«Lokomotiv» — «Olmaliq» 5:0
Gollar: Islom To‘xtaxo‘jayev, 13 (1:0). Ikrom Aliboyev, 32 (2:0). Sardor Mirzayev, 54 (3:0). Jaloliddin Masharipov, 75-pen (4:0). Marat Bikmayev, 90 (5:0).
«Qizilqum» — «Buxoro» 0:1
Gol: Ivor Veytser, 38 (0:1).

Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
20:49 / 04.04.2026