21:08 / 01.04.2017
9478

G‘iyosjon Boboyev Dzyudo bo‘yicha Tbilisi Gran-prisida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turnirining ikkinchi kunida -73 kg vazn toifasida kurashlar bo‘lib o‘tdi..

MOQ matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan G‘iyosjon Boboyev Gran-prining oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Finalgacha Eron, Niderlandiya va Kanada vakillarini mag‘lubiyatga uchratib, finalda shvetsiyalik Tommi Makiasga qarshi tatamiga chiqib g‘alaba qozondi.

Top