Xunuk taqlid. Oshkora ahmoqlik kuni
1 aprel kuni dunyoda Kulgi kuni, Hazil kuni, Aldash kuni nishonlanadi. Shu kuni yaqin do‘stlar bir-biri bilan hazillashishadi. O‘zbekistonda ham ko‘p yillardan buyon shu holat kuzatiladi.
Bu barcha jabhalarda aks etadi, jumladan internet saytlari o‘quvchilarini «chuv tushirish»ni kanda qilmaydi.
1 aprel kuni O‘zbekistondagi bir qator mahalliy saytlar ham taqlidan shu ishni amalga oshirdi. Professionalizmdan uzoq bo‘lgan bu harakatlar orqali ko‘pchilikka ochiqdan-ochiq hurmatsizlik ko‘rsatildi.
Xususan, saytlardan birida AQSh O‘zbekistonga vizasiz rejim taqdim etgani haqida xabar berilgan, bu xabarga ikkinchi kundirki ishonib turganlar bor. Chunki, xabarda bu hazil xabarligi keltirib o‘tilmagan.
Boshqa bir sayt esa O‘zbekistonda benzin narxi 4000 so‘m bo‘lgani haqida yozdi. Vaholangki, bu qaltis mavzular sirasidan.
Eng qaltis hazil esa "Markaziy bank endi dollarni barcha banklarda erkin va oson sotib olish mumkin"ligi haqida bo‘ldi.
Xabarlardan yana birida futbolchi Odil Ahmedov Xitoydagi sarguzashtlarini yakunlab, O‘zbekistonga qaytgani yozildi.