Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Dubay valiahdi sahroda qolib ketgan yuk mashinasi egasiga yordam berdi
Dubay amirining o‘g‘li, valiahd shahzoda Hamdan ibn Muhammad Al Maktum sahrodagi haydovchining yuk mashinasini tortib chiqarishga yordam berdi.
Hamdan o‘zining Mercedes-Benz rusumli avtomobiliga arqon ulab, qumga botib qolgan yuk mashinani tortib chiqarishga urindi. Arqon bir necha marotaba uzilib ketishiga qarmay, katta yuk mashinani qumli qopqondan olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.
Instagram'ga qo‘yilgan video 4 kun ichida 54 ming martadan ortiq ko‘rilgan.
Hamdan ibn Muhammad Al Maktum Dubay amiri Muhammad ibn Rashid Al Maktumning o‘g‘lidir. 2008 yildan beri u Dubayning valiahd shahzodasi sanaladi. Ko‘p vaqti va pullarini xayriya ishlariga sarflaydi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026