Kun.uz naşrida 3 aprel kuni «Kartoşka nega qimmat?» savoliga javob izlab...» sarlavhali maqola berildi.
Uşbu maqolada kartoşkaning nega qimmatlaşib ketgani sababi qidirilgani, lekin aytarli javob topilmagan deb hisoblagan jurnalist Lutfullo Tursunov öz fikrlarini bildirib ötdi.
Bugungi kunda juda dolzarb bölib turgan uşbu savolga aniq javob bölmasa-da, bir hudud misolida ayrim sabablarni, muammoli masalalarni izohlab ötmoqçiman.
Respublika kartoşka zaxirasining sezilarli qismini Samarqand viloyatining Tayloq, Urgut, Bulunğur va Jomboy tumanlari yetiştirib beradi. Hosil asosan fermerlar va fermerlik yerlari hamda tomorqalarda mahalliy dehqonlar tomonidan yetiştiriladi.
Ötgan yili uşbu tumanlar odatdagi miqdorda hosil yetiştira olmadi. Bunga asosiy ikki sabab bor:
Birinçisi, 2015 yilgi yozgi va kuzgi hosil möl böldi. Yuqorida sanalgan tumanlar dehqonlari tomonidan katta miqdorda hosil yiğiştirib olindi. Ammo kartoşkaning narxi uni yetiştirişga – uruğlik, yerni tayyorlaş, öğit va hosilga işlov beriş (zararkunandalarga qarşi kuraşiş) xarajatlarini qoplaş darajasiga ham yetmadi. Kartoşka ulgurji narxining 300-400 sömga tuşib qolişi va hosilni ulgurji sotib oladigan xaridorlarning topilmagani tonnalab kartoşkaning sotilmay qolib ketişi va oqibatda çiqindixonalarga çiqarib taşlanişi bilan yakun topdi. Hosilning ma'lum qismi isrof böldi, dehqonlar esa jiddiy zarar kördi. Şu sabab 2016 yilgi mavsumda bu hududda kartoşka ekilgan maydonlar keskin qisqardi. Tomorqalarda yetiştiriladigan hosil pasaydi. Avvalgi yilda jiddiy zarar körgan dehqonlar bu yil ham kartoşka ekişga xavotirlanib qolişdi, köpçiligida esa uruğlik, öğit sotib oliş va hosilga işlov berişga yetarli mablaği bölmagani uçun bu işga qöl urişmadi.
Ikkinçisi, sönggi 2-3 yildan buyon Tayloq, Urgut, Bulunğur va Jomboy tumanlari dehqonlarini yangi paydo bölgan zararli haşorat – «kapalak qurti» (mahalliy tilda şunday nomlanadi) jiddiy qiynab kelmoqda. Dastlab, Tayloq tumani hududida paydo bölgan bu zararkunanda keyinçalik qöşni tumanlarga ham tarqaldi va kartoşka hosili yetiştirişda qiyinçilik tuğdirib kelmoqda. Dehqonlarning aytişiça, bu zararkunanda oldida Kolorado qönğizining zarari ham heç narsa bölmay qolgan. «Kapalak qurti» kartoşka hosilga kirişidan boşlab unga zarar keltirişni boşlaydi. Hosil kavlab olinganidan keyin ham uni saqlaşga yöl qöymaydi. Bir neça hafta içida hosilning sezilarli qismini zararlantiradi va «kapalak qurti» tuşgan kartoşka bir neça kun içida çirib qoladi. Zararkunandani yöqotiş uçun esa qança kimyoviy vositalar işlatilmasin, foydasi bölmayapti. Bu dehqonlarning kartoşka yetiştirişiga ham jismoniy, ham moddiy zarar keltiryapti.












