Kartoshka ekiladigan maydonlarga 58,5 ming tonna urug‘lik kartoshka yetishmayapti - «O‘zagroinspeksiya»
2021 yil hosili uchun O‘zbekistondagi asosiy maydonlarning 166,3 ming gektariga sabzavot, 71,5 ming gektariga poliz va 50,7 ming gektariga kartoshka ekish belgilangan.

Bu haqda Kun.uz’ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zagroinspeksiya» axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ma'lum qildi.
Shuningdek, uning ma'lumot berishicha, bog‘-tok qator oralariga 65,1 ming gektar maydonga sabzavot, 8,2 ming gektar maydonga poliz va 2,9 ming gektar maydonga kartoshka ekish ko‘zda tutilgan.
Xolida Shodiyevaning aytishicha, inspeksiya tomonidan 2021 yil hosili uchun asosiy va bog‘-tok qator oralariga ekiladigan ekinlarning joylashtirilishi hamda talab etiladigan, mavjud va yetishmaydigan urug‘liklar borasida o‘rganishlar o‘tkazilgan.
«O‘rganish natijalariga ko‘ra, bugungi kunda asosiy va bog‘-tok qator oralariga ekiladigan sabzavot urug‘liklarining 14 ming 477 tonnasi hamda poliz urug‘liklarining 70,4 ming tonnasi mavjud ekanligi ma'lum bo‘ldi.
Shuningdek, joriy yilda 53,6 ming gektar kartoshka ekiladigan maydonlarga 188 ming tonna urug‘lik kartoshka talab etilib, bugungi kunda 58,5 ming tonna urug‘lik kartoshka yetishmasligi aniqlangan», – dedi u.
Ta'kidlanishicha, hozirda inspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil hosili uchun ekiladigan maydonlarda yetishmaydigan ekinlarning urug‘liklari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni xokimliklarga yetkazish, urug‘liklarning davlat standarti talablari doirasida saqlanishi, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga o‘z vaqtida sifatli yetkazib berilishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

18:22 / 24.10.2024
«O‘zagroinspeksiya» hukumat bo‘ysunuviga o‘tkazildi

08:13 / 18.07.2022
O‘zbekistonda 1 mln 842 ming tonna bug‘doy davlat zaxirasiga ajratildi

00:30 / 19.01.2021
2021 yilda O‘zbekistondagi barcha qishloq xo‘jalik texnikalari elektron ro‘yxatga olinadi

00:11 / 19.01.2021