Jamiyat | 21:32 / 04.04.2017
15585
1 daqiqa o‘qiladi

Politsiya intervyu vaqtida ham o‘z burchini unutmadi

Avstraliyaning Olberi shahridan bo‘lgan politsiya zobiti Uinston Vudvord mahalliy telekanal Prime7 uchun matbuot-anjuman berayotgan vaqtda mast holatdagi erkakni hibsga oldi. Ushbu holat aks etgan video telekanalning feysbukdagi sahifasida joylashtirildi.

Intervyu politsiya bo‘limi oldidagi maydonchada o‘tkazilayotgan bo‘lgan. Vudvord intervyu berayotganda unga qo‘lida pivo idishi bo‘lgan erkak xalaqit qildi. Mast holatdagi erkak so‘kinib, kameralar tomon kelmoqchi bo‘lgan. 

Shunda politsiyachi jurnalistlardan uzr so‘rab, mast erkakning yoniga yo‘nalgan. Politsiyachi qoidabuzarni qo‘lidagi idishni axlat qutiga tashlashga majbur qilgan hamda uni jamoat joyida so‘kingani uchun politsiya bo‘limiga olib kirib ketgan.

Shundan keyin politsiyachi qaytib chiqib, matbuot-anjumanni davom ettirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid