Jamiyat | 20:00 / 04.04.2017
11408
2 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri: “Juda ko‘p dorilar savdosida adolatsizlikka, qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan”

Shu yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan O‘zbekiston farmatsevtlarining Pharmclub.uz hamkorligida davra suhbati tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ham ishtirok etdi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “bugungi kundagi holat, vaziyat shundan iborat bo‘lganki, juda ko‘p dorilarimizni savdo-sotuvida adolatsizlikka, qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Bu chegaradan kirib kelishdan boshlab turib, dori-darmonlar mamlakatga kirganidan keyin barchasi ro‘yxatdan, ekspertizadan o‘tishi kerak bu qoidalarga ham har doim rioya etilmagan va eng muhimi, sotish mobaynida va narxlarni belgilashda hech qanday nazorat bo‘lmaganligi munosabati bilan juda ko‘p dori-darmonlar o‘ta qimmat narxda sotilishi va aholining o‘rinli e'tirozlariga olib keldi. Shundan kelib chiqqan holda, Prezidentning 2647 va 2773 qarorlarida aniq vazifalar belgilandi”.

Shuningdek vazirning qayd etishicha, aholi hayoti uchun muhim bo‘lgan dorilarning ro‘yxati qayta ko‘rib chiqilgan. Shundan so‘ng idoralararo komissiya bilan birgalikda o‘sha dorilarning eng optimal, muvofiq narxi belgilangan. Bu narxlar barcha dorixonalarga tarqatildi. 

Bundan tashqari, ta'kidlanishicha, davlat komissiyasi har chorakda o‘z yig‘ilishini o‘tkazib, ma'lum idoralarning tavsiyalariga asoslanib turib ro‘yxatni va narxlarni qayta ko‘rib chiqishi mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid