Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizov dori vositalari uçun referent narxlar tuşirilayotganini ma’lum qildi.

“5 dekabrda 2 mingta dori preparatining narxlarini distribyutorlar uçun örtaça 40-60 foizga tuşirdik, bu – yurtimizga 70 mln dollar qaytişiga olib keldi”, – dedi Azizov 20 yanvar kuni prezident huzuridagi yiğilişdan keyin “Özbekiston 24”ga bergan intervyusida.

Uning sözlariga köra, 2 mingta preparat uçun referent narxlar pasaygani – dorixonalardagi çakana narxlarda 1 martdan boşlab aks etadi.

“Yangi nizom işlab çiqilgan, unga köra yana 4 mingta import dori vositasining narxi tuşişi kutilyapti. Ya’ni yil davomida 6 mingga yaqin dori vositalarining narxi tuşadi”, dedi Farmagentlik rahbari.

U, şuningdek, 2026 yilda elektron retsept tizimi töliq işga tuşirilişini ma’lum qildi.

“Hozirgi kunda 400 mingdan ortiq (taqdimotda 387 mingta körsatilgan – tahr.) elektron retsept yozib berilgan, lekin şundan bor-yöği 54 mingtasi dorixonalarda realizatsiya qilingan.

Boş prokuratura bilan birgalikda, işlarimizni jadallaştiradigan böldik. Dorixonalarning tekşiruvi, ular haqiqatan ham elektron retseptdan foydalanyaptimi – nazoratga olamiz. Şu bilan birga, Soliq qömitasidan ham ma’lumotlarni olib, garmonal yoki antibiotik dori preparatlari elektron retsept asosida sotilayotgani yoki sotilmayotganini nazoratga olamiz”, – dedi Abdulla Azizov.