Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda
Shu yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan O‘zbekiston farmatsevtlarining Pharmclub.uz hamkorligida davra suhbati tashkil qilindi.
Ma'lumki, o‘tgan yilning 31 oktabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
Bu borada belgilangan keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishda ishlab chiqaruvchilar va mutaxassislarga amaliy ko‘mak berish muhim vazifadir. Shu maqsadda farmatsevtlarning Pharmclub.uz loyihasi tashkil qilindi.
Tadbirda dori-darmon sanoatini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, chet davlatlarda o‘tkaziladigan nufuzli farmatsevtika ko‘rgazmalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirokini ta'minlash, ularning mahsulotlarini namoyish etishga ko‘maklashish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji va chakana savdo yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, eng muhimi, aholi manfaatlarini himoya qilish xususida fikr almashildi. Unda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning savollariga mutasaddi vazirlik va idoralar xodimlari batafsil javob berdi, mavjud holatlar yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tadbirda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlarida atigi ikkita korxona tomonidan 20 ga yaqin dori vositalari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 147 ta farmatsevtika korxonalar tomonidan 2251 nomdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, bugun ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar jahon standartlariga to‘liq javob berayotganligi uchun dunyoning 20 dan ortiq davlatlariga eksport bo‘layapti.
Mavzuga oid
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026