Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedev: O‘zbekiston biz uchun strategik hamkor
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga davlat tashrifi davomida mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Medvedev Mirziyoyevni Rossiya hukumati nomidan qizg‘in qarshi oldi.
«O‘zbekiston biz uchun strategik hamkor, bir-birini insoniy munosabatlardan boshlanib iqtisodiy aloqalarda yakunlanadigan ko‘plab omillar bog‘lab turadigan eng yaqin mamlakatdir.
Sizning tashrifingizga hukumat ham, boshqa hamkasblar ham qattiq tayyorgarlik ko‘rganini e'tirof etish lozim. Iqtisodiyot, yangi loyihalar, gumanitar soha, migratsiya va mehnat munosabatlari borasida hamkorlik masalalari bilan bog‘liq juda keng miqyosdagi hujjatlar to‘plami tayyorlandi (keyingi yillardagi munosabatlarimiz uchun bu ulkan hajmdagi to‘plam).
Tashrifingiz muvaffaqiyatli o‘tishiga va bu tashrif mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iliq, do‘stona munosabatlarning yangi sahifasini ochib berishiga ishonchim komil. Sizni yana bir bor chin qalbimdan qutlayman!», — dedi Medvedev.
Shavkat Mirziyoyev o‘z navbatida Medvedev hamda Vladimir Putinning Rossiyaga taklifi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Sankt-Peterburgdagi terrorchilik harakati oqibatida qurbon bo‘lganlarning yaqinlari va oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.
«Rossiya bizning strategik hamkorimiz, biz ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatganmiz. Siz bilan ilgari ham ko‘p bora uchrashganmiz, lekin barcha: tashqi ishlar vazirliklari uchrashuvlari, savdo, harbiy-texnika, gumanitar, madaniy munosabatlarni qamrab olgan bugungidek tayyorgarlik ilgari bo‘lmagandi. Qoniqish bilan aytish mumkinki, tayyorlangan hujjatlar to‘plami ancha salmoqli. Mazkur tashrif tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi» , degan O‘zbekiston prezidenti.
Mavzuga oid
09:42 / 11.12.2025
Ekspertlar: Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni qoplayapti, qo‘shin soni oshmayapti
23:45 / 07.10.2025
Medvedev: «Yevropaliklar so‘yilishga ketayotgan hayvonday titrasin»
22:39 / 30.09.2025
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
18:03 / 24.08.2025