Jahon | 20:06 / 05.04.2017
4508
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament Brexit shartlariga doir rezolyutsiyani tasdiqladi

Foto:EPA

Yevroparlament (YeP) deputatlari Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishiga doir shartlarga oydinlik kirituvchi rezolyutsiyani ma'qullashdi. Ovoz berish jarayoni Yevropa Ittifoqi parlamentining Strasburgdagi plenar sessiyasida bo‘lib o‘tgan. Bu haqda TASS agentligi xabar qilmoqda.

Hujjat qabul qilinishini 516 deputat ma'qullagan, 133 nafari qarshi chiqqan, 50 nafar vakil betarafligini bildirgan. Unda yaqin haftalar ichida London va Bryussel o‘rtasida boshlanadigan Brexit bo‘yicha bo‘lg‘usi muzokaralarning ohangiga ozmi-ko‘pmi oydinlik kiritilgan. "Yevroparlament qarashi Buyuk Britaniyaning YeIdan chiqishiga doir yakuniy shartlarni aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega", - deb ta'kidlagan YeP raisi Antonio Tayani.

"Muzokaralar shaffof bo‘lishi kerak, - deyiladi ma'qullangan rezolyutsiya matnida. – Buyuk Britaniya avval zimmasiga olgan majburiyatlarga to‘la amal qilishi darkor, Yevropa byudjyeti doirasidagi moliyaviy majburiyatlari ham shu jumladan". "YeI va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi kelgusi munosabatlarni muhokama qilish, Birlashgan Qirollikning tashkilot tarkibidan chiqishi borasidagii muzokaralarda sezilarli olg‘a siljishlar qayd etilganidan so‘ng mumkin  bo‘ladi", - deyiladi hujjatda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid