Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan birga Moskvadagi muzeyga tashrif buyuradi
Rossiyada davlat tashrifini amalga oshirgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Vladimir Putin bilan birga Moskvadagi Pushkin nomidagi muzeyga tashrif buyuradi. Bu haqda «RIA Novosti» Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslangan holda xabar bermoqda.
«Hozirda O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifining ikki tomonlama qismi davom etmoqda, hozir tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda, shundan keyin kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi», — degan Peskov.
U shundan so‘ng rasmiy tushlik rejalashtirilgani va keyin ikki prezident Moskvadagi muzeylardan biriga tashrif buyurishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
U muzeyga tashrif «kechroq, kunning ikkinchi yarmida yuz berishi mumkin»ligini bildirgan.
Bugun, 5 aprel kuni Moskvadagi Pushkin nomidagi muzeyda Qoraqalpog‘istondagi Savitskiy muzeyi ko‘rgazmasi ochilgan.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024