Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashuvda: Bu tashrif katta o‘zgarishlardan belgi

Kremlda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tishdi.
Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqboli xususida so‘z yuritildi.
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Moskvaga davlat tashrifi bilan qutlab, bu tomonlarni qiziqtirgan masalalarni muhokama etish uchun qulay imkoniyat ekanini qayd etdi.
«O‘zbekiston bilan hamkorlikni yangi bosqichda davom ettirish biz uchun katta ahamiyatga ega. Mamlakatlarimizda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali to‘la foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p, ularni ishga solishdan ikki tomon ham manfaatdor», dedi Rossiya Prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev bu uchrashuv davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlashda muhim qadam bo‘lishini qayd etdi.
«Avvalo, 3 aprel kuni Sankt-Peterburgda ro‘y bergan mash'um voqea munosabati bilan Sizga va Rossiya xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o‘zaro hurmat asosida rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalar faollashgani mamlakatlarimiz ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishdan birdek manfaatdor ekanining tasdig‘idir. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etish maqsadida mamlakatimizga tashrif buyurganingiz uchun yana bir bor minnatdorlik bildiraman. Ushbu tashrif Islom Karimovga, O‘zbekiston xalqiga yuksak hurmatingizdan dalolat beradi», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan O‘zA.
«O‘ylashimcha, bu tashrif katta o‘zgarishlardan belgi. Samarqandga tashrifingiz davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha siz bilan ishonchli, ochiq muloqot o‘tkazgan edik. Haqiqatan ham, mana shu qisqa vaqt ichida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi. Siz bilan nimagaki kelishgan bo‘lsak, amalga oshmoqda. Bugun siz bilan imzolanadigan hujjatlar to‘plami ham shundan darak beradi.
Juda to‘g‘ri ta'kidladingiz, Afg‘onistondagi vaziyat, Afg‘onistondagi tinchlik O‘zbekiston uchun juda muhim. Afg‘onistondagi tinchlik va osoyishtalik juda muhim. Biz Rossiya Afg‘oniston bo‘yicha oldinga yo‘naltirayotgan barcha harakatlarda yordam qilishga va qo‘llab quvvatlashga tayyormiz», degan davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024