2018 yilda Germaniyada birinchi havo taksisi paydo bo‘ladi

Foto: E-Volo
Joriy haftada E-Volo nemis startapi elektr dvigatelda ishlovchi Volocopter 2X havo taksisini taqdim qildi. 18 ta vint bilan jihozlangan qurilma Germaniyada AERO aviasalonida namoyish qilindi.
Kompaniyaning aytishicha, Volocopter 2X’ning avvalgi modellardan ustunligi shundaki, u avtonom shahar transport vositasi sifatida ishlatilishi mumkin. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, Volocopter 2X ikki yo‘lovchini tashish uchun mo‘ljallangan havo taksisidir. Istiqbolda u uchuvchisiz yoki masofadan turib boshqarilishi mumkin.
"2018 yilgacha Volocopter 2X’ning ilk modellari boshqariluvchi taksilar sifatida qo‘llanish uchun maxsus ruxsat oladi", deyilgan kompaniya bayonotida.
Kompaniyaning ta'kidlashicha, bunday transport vositasini sport uchuvchilik litsenziyasiga ega istalgan odam boshqara oladi. Ta'kidlanishicha, Volocopter 2X uning balandlik va holatni rostlash avtomatik tizimi hisobga olingan holda oson boshqariladi.
Volocopter 2X vertikal uchadigan va qo‘nadigan transport vositalari toifasiga kiradi. Bu esa unga uchish-qo‘nish polosasiga ehtiyoj sezuvchi samolyotlar oldida ustunlik beradi.
E-Volo’ning keyingi qadami Germaniya hududida havo taksisi parvozlariga ruxsat olish va ushbu qurilmaning 4 o‘rindiqli modelini yaratish bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

21:33 / 09.04.2025
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi

10:40 / 08.04.2025
Germaniyaning AQShga eksporti yangi tariflar tufayli 15 foizga qisqaradi

17:31 / 07.04.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi

13:35 / 05.04.2025