Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tibetda eng baland tog‘ elektr uzatish tarmog‘ining qurilishini boshladi
Xitoy Tibet muxtor tumani hududida dunyodagi eng baland tog‘ elektr uzatish tarmog‘ining qurilishini boshladi.
U dengiz sathidan o‘rtacha 3,7 ming metr balandlikdan o‘tkaziladi, deb xabar berdi "Sinxua" axborot agentligi.
Elektr tarmoq uzunligi 2,7 ming km dan ortiq bo‘ladi, u Lxasa (Tibet ma'muriy markazi) bilan Ningchi shahar okrugini (janubi-sharqiy tuman) birlashtiradi. Bu qurilish sababli ikki aholi punkti transport aloqalarini yengillashtirish maqsadida qurilayotgan temir yo‘l ham elektr energiya bilan ta'minlanadi. Barcha qurilish ishlari 2018 yilda yakunlanishi kutilmoqda.
Loyiha 16,2 mlrd yuan (2,3 mlrd AQSh dollari)ni tashkil etadi.
Oxirgi vaqtlarda Xitoy mamlakat g‘arbi va janubi-g‘arbida elektr ta'minoti tarmoqlari qurilishini faollashtirib yubordi. Bu tufayli bir necha yil ichida Xitoyning uzoq hududlarida yashovchi yuz minglab aholi elektr energiya bilan ta'minlandi.
Mavzuga oid
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
22:32 / 17.06.2026