Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: Idlibda kimyoviy qurol qo‘llanilganini AQSh isbotlab o‘tirmadi
Suriyaning Idlib viloyatida kimyoviy qurol qo‘llanilganiga birorta dalil-isbot keltirish AQShni tashvishlantirmadi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov shunday bayonot berdi. RIA Novosti shu haqda ma'lum qilmoqda.
"Qandaydir dalil keltirish ularni tashvishlantirmadi, shunchaki bolalarning suratlarini ro‘kach qilishdi. Turli nohukumat tashkilotlari, xususan firibgar va tovlamachi "Oq kaskalilar"ning ko‘rsatmalarini ta'kidlashdi. Ular Suriya hukumatiga qarshi harakatlarga poydevor bo‘luvchi holatlarni sahnalashtirish bilan shug‘ullanishadi", — degan Lavrov.
Rossiya tashqi ishlar vaziri, shuningdek, AQShning Suriyaga bergan zarbalarini Iroqqa bostirib kirishga qiyosladi.
"Bu 2003 yildagi vaziyatni yodga soladi. O‘shanda, AQSh, Buyuk Britaniya o‘zlarining ayrim ittifoqchilari bilan Xavfsizlik kengashining roziligisiz, xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzgan holda Iroqqa bostirib kirgan edi",- deb bayonot berdi Lavrov.
Sergey Lavrov, AQSh zarbalari kimga yordam berishi borasida ham fikrlarini bildirdi.
Unga ko‘ra, Amerikaning Suriya HHK bazasiga raketa zarbalari berishi Ostona va Jyeneva muzokaralarini buzishni hamda SARdagi hokimiyatni kuch bilan ag‘darishni istayotganlarga foydalidir.
"Agar amalga oshirilgan harakat kimga kerak, deb savol beriladigan bo‘lsa, aytish mumkinki, bu Jyeneva, Ostona jarayonlarini barbod qilishni xohlayotanlarga kerak. Ular inqirozga tinch yo‘l bilan barham berishdan kuch ishlatish yo‘liga o‘tish uchun bahona, isbot qidirmoqda", — degan Lavrov.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026