Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh vazir videoselektor majlis o‘tkazmoqda
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida umumiy videoselektor majlis bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Majlisda Prezidentning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2865 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta'minlash hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar a'zolarining xayriya nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazish masalalari muhokama etildi.
Manbaga ko‘ra, videoselektor majlisda barcha viloyatlar tuman (shahar) hokimlari, ular o‘rinbosarlari, ma'naviyat targ‘ibot markazi tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari, tuman (shahar) ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari va boshqa barcha tegishli davlat idoralari vakillari ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
16:26 / 05.06.2025