Xitoyda Osiyodagi eng yirik marganets rudasi koni topildi

Xitoyning janubidagi Guychjou viloyatida Osiyodagi eng yirik marganets rudasi koni topildi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Zaxiralari 203 mln tonnaga baholanayotgan kon Tunjen okrugining Suntao-Myao muxtor uyezdi tog‘larida joylashgan. Topilgan zaxiralarning umumiy qiymati 100 mlrd yuanni (14,5 mlrd dollar) tashkil qiladi.
Xitoy dunyodagi marganets rudasi ishlab chiqaruvchi va iste'mol qiluvchi eng yirik davlat hisoblanadi. Marganets rudasi galvanik elementlar va yangi magnit materiallarni tayyorlashda qo‘llanadi. Xitoylik geologlar tomonidan oxirgi bir necha yil ichida Guychjou viloyatida bu foydali qazilmaning umumiy zaxiralari 600 mln tonnani tashkil qiluvchi 4 ta yirik koni topilgan.
"Bu yangi konlarning zaxiralari Xitoyda razvedka qilingan va isbotlangan marganets rudasi zaxiralarining 60 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu Xitoyning ushbu moddani import qilishini ancha kamaytiradi va sanoatning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi", deb aytgan geolog va Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi Chen Yuychuan.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hafta davomida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:44
-
Belgradda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar qurmoqda
Jahon | 11:40
-
Karachi portida O‘zbekiston tovarlari uchun maxsus ombor tashkil etiladi
Iqtisodiyot | 11:31
-
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26
Mavzuga oid

11:08
Xitoy elektr tamoqlarini ishdan chiqaradigan raketaning «yangi turi»ni namoyish etdi

10:02
Xitoylik talabalarni O‘zbekistonda ta’lim olish uchun jalb qilish yuzasidan bitim imzolandi

15:53 / 27.06.2025
Xiaomi kompaniyasi YU7 elektr yo‘ltanlamasini taqdim qildi

14:19 / 27.06.2025