Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrdagi portlashga aloqadorlikda gumon qilingan shaxs ushlandi
Misr xavfsizlik kuchlari Tant shahridagi cherkovda sodir etilgan portlashni amalga oshirishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda "Youm7" portalida xabar berilgan.
Mavjud ma'lumotga ko‘ra, ushbu shaxs cherkov yaqinida qo‘lga tushgan. U politsiya boshqarmasiga olib ketilgan va so‘roq qilinmoqda.
Bugun, 9 aprel kuni Qohira shimolidagi bu shaharda joylashgan Mar-Girgis ibodatxonasida cherkov xizmati bo‘lib o‘tayotgan vaqtda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum qurbonlari soni 30 nafar, yana 70 kishi jarohatlangan.
Portlash haqidagi ma'lumotlar bir-biridan farq qilmoqda: ba'zi xabarlarga ko‘ra, portlash qibtiy cherkovi oldidagi maydonda sodir bo‘lgan, boshqalariga ko‘ra esa - cherkov ichida.
Cherkov atrofidagi hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan. Mamlakat prezidenti Abdul Fattoh As-Sisiy jabrlanganlarni qabul qiluvchi harbiy gospitallar ochish topshirig‘ini berdi.
9 aprel kuni misrlik nasroniylar o‘z diniy bayramini nishonlash uchun cherkovlarga yig‘ilishadi.
2016 yilning dekabrida muqaddas Petr cherkovida, Qohiradagi Abbosiya tumanidagi qibtiy ibodatxona majmuida ham terakt ro‘y bergan edi. O‘shanda portlash 26 kishini hayotdan olib ketgan, 50 nafarga yaqini jarohat olgandi.
Mavzuga oid
12:28 / 13.10.2025
AQSh Xitoyda "Sion" cherkovi rahbarlari qo‘lga olinganini qoraladi
12:13 / 04.10.2025
Anglikan cherkoviga tarixda ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
20:47 / 29.01.2024