Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anglikan cherkoviga tarixda ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi
63 yoshli Sara Mullali Anglikan cherkovini boshqaradigan birinchi ayolga aylandi. U Kenterberining 106-arxiyepiskopi. Uning o‘tmishdoshi bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi tufayli iste’foga chiqdi.
Foto: AP
63 yoshli Sara Mullali tarixda Kenterberi arxiyepiskopi etib tayinlangan birinchi ayol bo‘ldi — u Buyuk Britaniyadagi Angliya cherkovi va butun dunyo bo‘ylab Anglikanlar hamjamiyati rahbariga aylandi. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerning 3 oktyabr, juma kuni hukumat saytida chop etilgan bayonotida aytilgan.
«Angliya cherkovi mamlakatimiz uchun juda katta ahamiyatga ega. Undagi cherkovlar, soborlar, maktablar va xayriya tashkilotlari jamoalarimiz hayotining ajralmas qismidir. Kenterberi arxiyepiskopi mamlakatimiz hayotida muhim o‘rin tutadi. Unga muvaffaqiyatlar tilayman va u bilan hamkorlik qilishni orziqib kutaman», deb yozadi Starmer.
Mullali Kenterberining 106-arxiyepiskopi. Uning o‘tmishdoshi, 2013 yildan beri cherkovga rahbarlik qilgan 69 yoshli Jastin Uelbi 2024 yilning noyabrida iste’foga chiqdi. U o‘zi va butun cherkov bolalar uchun yozgi xristian lagerlarida o‘g‘il bolalar va o‘smirlarga nisbatan ko‘plab zo‘ravonlik holatlariga yetarli darajada javob bermaganlikda ayblanganidan keyin shunday qarorga keldi.
Mavzuga oid
12:02 / 23.02.2026
Jon Xili: Sulhdan keyin Ukrainaga qo‘shin yuborishni xohlayman
13:10 / 21.02.2026
Starmer Trampga yo‘q dedi: AQSh Eronga hujumda Britaniya bazalaridan foydalanolmaydi
10:56 / 21.02.2026
“Chaqirishsa, Britaniya darhol yordamga keladi” – Starmer va Lyayyen Yevropani kurashga tayyor turishga chaqirdi
17:20 / 20.02.2026