Fransiyada prezidentlik saylovoldi kampaniyasi qizg‘in pallasiga kirdi

Foto: AP
Fransiya rasman saylovoldi kampaniyasiga kirmoqda. 10 apreldan prezidentlik uchun nomzodlar "tashviqotlar urushi"ni boshlashadi. Fransiyalik saylovchilar bugundan e'tiboran 11 nafar nomzodga doir ma'lumotlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Har bir nomzod televideniye va radioda davlat tomonidan kafolatlangan efir vaqtiga ega. Nomzodlarning o‘z dasturlarini ilgari surishda tenglikka rioya qilishlarini Fransiya Oliy audiovizual kengashi nazorat qiladi. Bu haqda TASS agentligi yozmoqda.
Joriy kampaniyaning avvalgi bosqichida bo‘lib o‘tgan televizion debatlar va reyting ko‘rsatkichlari Fransiya saylovchilari qaysi kayfiyatda ekaniga aniqlik kirita olmadi. Saylovoldi poygasining yetakchisi "Milliy front" rahbari Marin Le Pen eng barqaror tafdorlarga ega. Uni qo‘llab-quvvatlovchilarning 80 foizi o‘z tanlovlarida haq ekanliklariga ishonishmoqda. Poyganing yana bir yetakchisi "Marshda" harakati nomzodi Emmanyuel Makron tarafdorlarining atigi 50 foizi shunday ishonchni bildirishgan, xolos.
Respublikachilar partiyasi nomzodi Fransua Fiyon vakilining so‘zlariga ko‘ra, "prezidentlik poygasining ushbu bosqichi ancha qizg‘in bo‘ladi". Fransiya sobiq bosh vaziri, hozirda, Milliy majlis deputati Fiyon Parijda miting tashkil etdi.
So‘l kayfiyatdagi "Bo‘ysunmagan Fransiya" nomzodi Jan-Lyuk Melanshon Marselda o‘tkazgan mitingida 70 ming tarafdorini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ijtimoiy xizmatlarning so‘nggi tadqiqotlariga ko‘ra, Melanshon o‘z tarafdorlari sonini oshirib bormoqda va deyarli har beshinchi fransiyalikning qo‘llab-quvvatlashiga erishgan. U hukmron Sotsialistik partiyaning rasmiy nomzodi Benua Amon tarafdorlari sonidan ikki barobar ko‘proq tarafdorlarga ega.
Shunga ko‘ra, "Bo‘ysunmagan Fransiya" nomzodi prezidentlik poygasining 3 nafar yetakchisi Le Pen, Makron va Fiyonga yaqinlashib qoldi.
Fransiya prezidentlik saylovining 23 aprelda bo‘lib o‘tuvchi birinchi turi 11 nafar nomzod kurash olib boradi. 7 may kuni tashkil etiladigan ikkinchi tur ovoz berish jarayonida saylovchilarning eng ko‘p ovoziga ega bo‘lgan ikki nomzod kurashni davom ettiradi.
Ikkinchi bosqichda g‘alaba qozongan nomzod Fransiya prezidenti deb e'lon qilinadi va Yelisey saroyida Fransua Olland o‘rnini egallaydi. Ma'lumki, reytingining to‘xtovsiz pasayishi Ollandning ikkinchi muddatga nomzodini ilgari surmasligiga sabab bo‘ldi.
Shunday qilib, 22 aprelga o‘tar kechasi saylovoldi sokinlik kuni qoidasi joriy etiladi.
Shu lahzadan boshlab ovoz berish uchastkalari yopilguniga qadar, O‘zbekistonda bo‘lgani kabi "xususiy yoki to‘liq prognozlar e'lon qilinishi, tarqatilishi yoxud izohlanishi mumkin emas", ya'ni ekzit pollarga ruxsat berilmaydi.
Ekzit pollar (ovoz berishda qatnashganlardan kimga ovoz berganligini so‘rash)ni to‘liq taqiqlash 2012 yilgi saylovlarda ilk bor qo‘llanildi. Mazkur qonunga rioya qilinishini Oliy audiovizual kengash ekspertlari hamda ijtimoiy so‘rovlar bo‘yicha maxsus komissiya nazorat qiladi.
Saylov haqidagi ma'lumotlarni saylov kuni yodga olish va eslatish jurnalistlarning shaxsiy yozishmalarida ham taqiqlangan. Bu taqiq nafaqat mahalliy, balki xorijiy OAVga ham tegishlidir.
Mazkur taqiqni buzganlarga esa katta miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilab qo‘yilgan. Xususan, jismoniy shaxslarga 75 ming yevro, OAV tahririyatlariga 375 ming yevro jarima solinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kambag‘al oilalar reyestridagi ayrim oilalar passiv daromad oladi
O‘zbekiston | 12:44
-
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi
Jahon | 12:18
-
Yevroittifoq Ukraina tovarlariga bojlarni qaytarish niyatida
Jahon | 12:15
-
“Akromjon emas, Xamitbekman” – xavfli jinoyatchining 15 yillik siri
Jamiyat | 12:11
Mavzuga oid

12:15 / 14.05.2025
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi

16:46 / 13.05.2025
Jyerar Deparde jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi

08:10 / 10.05.2025