Light | 22:51 / 11.04.2017
19349
4 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda ochilgan noodatiy mehmonxonalar

Yil boshida dunyo bo‘ylab juda ko‘p noodatiy mehmonxonalar va yotoqxonalar ochildi. Ba'zilari o‘zining bejirim dizayni bilan lol qoldirsa, boshqalari ko‘rsatilayotgan xizmat bilan, qolganlari esa o‘zining o‘lchamlari bilan hayratga solmoqda.  

"Lenta" nashri 2017 yilda ishga tushgan sayyoramizdagi eng g‘aroyib mehmonxonalar o‘ntaligini taqdim etdi.

1. Quadrum

Foto Quadrum Ski and Yoga Resort

Yuk konteynerlaridan yig‘ilgan  Quadrum mehmonxonasi Gruziyadagi Gudaurida mart oyining boshida o‘z ishini boshladi. Gudauri — taniqli tog‘ tizmalaridagi dam olish hududi. Mehmonxona mijozlarga bir xonali, oilaviy va lyuks xonalarni taqdim etadi.  Shuningdek, basseyn va sauna ham mavjud.

2. The Book and Bed Tokyo-Kyoto 

Foto R-STORE LTD

The Book and Bed Tokyo-Kyoto (Kioto, Yaponiya) kitobli yotoqxonasi kutubxona javonlari bilan jihozlangan. Har bir bo‘linmada tok va chiroq, shuningdek, atrofdagilardan qochish uchun parda mavjud. 

3. Frishman

Foto Baz Ratner/Reuters

Tel-avivdagi sohilda joylashgan qutqaruv minorasining mehmonxonasi Frishman or-yo‘g‘i 10 kun ishladi. Unda faqat tanlovdan g‘olib bo‘libgina yashash mumkin edi. Keyinroq uni boshqa yerga ko‘chirishdi. 

4. Benksi 

Foto Issam Rimawi/Anadolu Agency/Getty Images

Taniqli ingliz ko‘cha rassomi Benksi o‘z mehmonxonasiga asos soldi. Walled Off Hotel Falastin va Isroil chegarasida ochildi. Uning ichida 10 xona va bir syut mavjud bo‘lib, devorlari Benksining suratlari bilan bezalgan.

5. The 7th Room

Foto Treehotel.se

The 7th Room mehmonxonasi Laplandiyaning asosiy o‘rmonida qurildi. An'anaviy skandinavcha uylarni yodga soluvchi uy 10 metr balandlikda 12 ustun yordamida ko‘tarilib turadi. Umumiy maydoni — 55 kvadrat metr.

6. Hurawalhi Island Resort

Foto Hurawalhi Island Resort

 Maldiv orollarida hashamatli mehmonxonalar tez-tez ochiladi. Biroq Lavianidagi Hurawalhi Island Resort o‘zining qariyb olti metr chuqurlikda joylashgan suvosti restorani bilan ajralib turadi. Stollar shaffof tunnelga o‘rnatilgan, dengiz mahsulotlari esa nafaqat menyu, balki restoranning barcha tomonida uchraydi.

7. Drop box

Foto In-Tenta

Ispaniyaning In-Tenta dizaynerlik kompaniyasi otel emas, balki portativ mehmonxona yaratdi. Uni istalgan yerga o‘rnatish mumkin. Drop box deb nom olgan dizayn to‘rt kishiga mo‘ljallangan. Ikki yotoqli xonalar ham mavjud. Xonada yuvinish uchun joy va ayvon ham bor.

8. Oasia

Foto Patrick Bingham-Hall

Singapur markazida joriy yilning boshida gullar mehmonxonasi Oasia ishga tushdi. 27 qavatli binoning old qismi chinakam maysalar bilan o‘ralgan. Bundan tashqari, mehmonxonada to‘rt yashil ayvonlar  mavjud. Mehmonxonada 314 xona bor. Shuningdek, idora va do‘konlar ham ishlaydi. 

9. Henn na Hotel

Foto Yoshio Tsunoda/Globallookpress.com

Yaponiyaning  Tiba shahridagi Henn na Hotel mehmonxonasi shu yilning martida ishga tushgan bo‘lib, u yerda deyarli xodimlar ishlamaydi. Ro‘yxatga olish va boshqa xizmatlarni robotlar bajaradi. 

10. The Flagler Club

Foto Walter Bibikow/Globallookpress.com

The Breakers oteli o‘z eshiklarini 1896 yilda ochgan. U vaqtda mehmonxona nomi The Palm Beach Inn deb atalgan.  Biroq uning ichidagi The Flagler Club yaqindagina ishga tushdi. Bu boshqa mehmonxonaning ichida joylashgan dunyodagi birinchi otel sanaladi. U The Breakers’ning eng so‘nngi ikki qavatini o‘z ichiga oladi. Xona narxi 2,1 ming dollardan boshlanadi. 

Mavzuga oid