«Istiqlol» bosh murabbiyi «Lokomotiv»ning kuchli tomoni haqida gapirdi
Osiyo Chempionlar Ligasi «A» guruhi 4-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» – «Istiqlol» (Tehron) uchrashuvi oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Alirizo Mansuriyon o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Lokomotiv»ga qarshi qiziqarli bellashuv bo‘ladi, ular Tehronda yaxshi o‘yin namoyish qilgandi. Raqibni juda yaxshi o‘rganib chiqdik. O‘z maydonimizda bo‘lgani kabi, ertaga ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Fikrimcha, «Lokomotiv»ning kuchli tomoni – tajribali jamoa ekanida. Futbolchilardan Temur Kapadzeni alohida ta'kidlab o‘tgan bo‘lardim. U tajribali va yetakchi futbolchi. Raqib tartibli va intizomli o‘yin namoyish qiladi. Murabbiy sifatida raqibning kuchsiz tomonlari haqida fikr bildira olmayman», – deya Mansuriyonning so‘zlarini keltiradi O‘FF rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» – «Istiqlol» uchrashuvi ertaga, 11 aprel kuni «Lokomotiv» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 16:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:35 / 05.12.2023
Ronaldu O‘zbekistonga kelishi mumkin. OChL 1/8 final savatchalari ma’lum
21:19 / 19.09.2023
OChL. «Paxtakor» turnirni «Al-Ayn»dan uchralgan yirik mag‘lubiyat bilan boshladi
00:24 / 28.04.2022