Osiyo Çempionlar ligasi-2 turniri 3-turi doirasida «Nasaf» Iordaniyada «Al-Husayn» mehmoni böldi.
Uşbu uçraşuvda Röziqul Berdiyev taqvimdagi ziçlikdan kelib çiqqan holda himoyada rotatsiyalarga qöl urdi va bu yakunda özini oqlamadi. Zaxiradan maydonga tuşgan Orif Haitam sönggi daqiqalarda himoya markazidan yorib kirib, ikki bor raqib darvozasini işğol etdi. 90+5-daqiqada esa qarşiliklar Da Silvaning bitta goli bilan javob qaytarişdi, ammo bu mağlubiyatdan qutulib qoliş uçun yetarli bölmadi – 1:2.
Şu tariqa, «Nasaf» guruhda 4 oçko bilan 3-öringa tuşdi. «Şabob Al-Ahli» «Al-Kuvayt»ni mağlub etib 6 oçko bilan peşqadamga aylandi, «Al-Husayn» ham 6 oçko bilan 2-örindan joy olgan.
OÇL. «D» guruhi, 3-tur
«Al Huseyn» (Iordaniya) - «Nasaf» (Özbekiston) – 2:1
Gollar: Orif Haitam, 86, 90+1 – Da Silva, 90+5
«Al Huseyn»: 1.Yazid Abdulla, 3.Abdulloh Nasib, 8.Raja Ayed Hasan (23.Ahmad Haykal, 81), 9.Abdullah Mohannad (99.Aziz Ndiayye, 69), 13.Mahmud Al Mardi, 15.Said Ahmad Ar-Rosan, 17.Adham Muhammad, 24.Ehson Haddad (77.Orif Haitam, 69), 36.Abduljalil Ajagun, 88.Italo Enrike Silva, 98.Yusuf Abu Jalbuş.
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 3.Şohjahon Sultonmurodov, 4.Dilşod Komilov, 7.Akmal Mozgovoy, 10.Bobur Abduxoliqov, 14.Şarof Muhitdinov, 23.Kuaç Yuel (20.Viktor Da Silva, 46), 28.Şuhrat Muhammadiyev (22.Igor Golban, 46), 34.Şerzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (70.Jambuli Jigauri, 70), 88.Marko Stanoyeviç (6.Murod Rahmatov, 46).
Şabob Al Ahli - Al-Kuvayt - 4:1.
Guruhdagi vaziyat va «Nasaf»ning navbatdagi uçraşuvlari:













