Jahon | 21:27 / 11.04.2017
9147
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev «MIR 24»ga eksklyuziv intervyu berdi

«MIR 24» telekanali Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevdan eksklyuziv intervyu oldi. 

Nazarboyev, jumladan, KXShT (Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti) faoliyatiga doir savolga ham javob berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston jamoatchiligi boshqalardan o‘zlarining sabr-bardoshli ekanligi bilan ajralib turadi. Mamlakatda Mustaqillikning ilk kunlaridan etnik, diniy, til va madaniy ko‘rinishlaridan qat'inazar  tenglik qoidasi bo‘yicha siyosat olib borilmoqda. 

Nazarboyevning ta'kidlashicha, terrorchilik g‘oyasi mamlakatga "surbetlarcha" kirib kelmoqda. Shu boisdan ham diqqatli bo‘lish zarur. 

Prezidentning yodga olishicha, qozog‘istonlik terrorchilar bir narsani unutmasliklari lozim, endi ular vatanlariga qayta olishmaydi va fuqarolikdan mahrum qilinadi. 

Elboshi, shuningdek, terrorizmni Qozog‘iston uchun eng ulkan chaqiriq deb bilishini aytdi. Ikkinchi katta muammo – bu migratsiyadir. 600 mingga yaqin muhojirlar bilan ish olib borilmoqda. Uchinchisi – giyohvand moddalar savdosi bo‘lib, Afg‘onistondan boshqa mamlakatlarga, Qozog‘istonga, Rossiya va hatto Yevropaga yetkazilmoqda. 

"Mana shu chaqiriqlar eng asosiylaridir. Ammo, biz faqat shu yo‘nalishda ish olib borayotganimiz yo‘q. 

Birinchidan, harbiy kadrlarni o‘qitish amalga oshirilmoqda. Bizning yoshlar boshqa davlatlarda o‘qiyotgan bo‘lsa, qo‘shni mamlakatlar yoshlari bizning harbiy ta'lim muassasalarida tahsil olishmoqda. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi sharoitida bir-birimizni imtiyozli ravishda qurol-aslahalar bilan ta'minlaymiz. Va albatta, bunda Rossiya qurol-yarog‘ tizimi ustunlikka ega", - deb ta'kidlagan Qozog‘iston rahbari. 

Mavzuga oid