Jahon | 18:23 / 12.04.2017
6077
1 daqiqa o‘qiladi

Olland: Fransiya Idlibda kimyoviy qurolni Asad qo‘llaganiga doir dalillarga ega

Fransiya Suriya hukumati kuchlarining 4 aprel kuni Idlib viloyatida kimyoviy xurujni amalga oshirganini isbotlovchi ma'lumotlarga ega. Fransiya prezidenti Fransua Olland Le Monde nashriga bergan intervyuda shunday bayonot berdi.

"Ushbu holatda kimyoviy quroldan foydalanilganiga ishonchimiz komil. U Shayrot bazasidan uchgan samolyotdan tashlangan. Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, u tasodifan yoki mas'uliyatsizlik tufayli yoki qo‘rqitish maqsadida qo‘llanilmagan", - degan Olland. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, zarba "taktik maqsadlar"ni ko‘zlab amalga oshirilgan. "Amerikaliklar ham bunga shubha qilishmayapti", - degan prezident.

Frantsuz davlati yetakchisi, shuningdek, 4 apreldagi voqealar uyushtirilgan, degan taxminlarni ham inkor etdi. "Men buni fitna deb o‘ylamayman. Bu tuzumning jazoga tortilmaslik hissi yuqori", - deya fikr yuritgan Olland. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid