Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Afg‘onistondagi vaziyatni "juda-juda jiddiy" deb baholadi
Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatni hal etish uchun o‘z qurolli kuchlari va Tojikistondagi 201-bazasidan foydalanishga majbur bo‘lmasligiga umid qiladi.
Rossiya rahbari Vladimir Putin ushbu mintaqadagi vaziyat xususida fikr bildirar ekan, "bu KXShT mamlakatlarining barchasi uchun xavfli yo‘nalishdir", degan fikrni bildirdi. U Afg‘oniston hududidan jangarilar hujumi amalga oshirilganini yodga oldi.
"Men giyohvand moddalar savdosi, ayrim jinoiy guruhlar haqida gapirmayapman. Biz bilamizki, bir necha yil muqaddam, Qirg‘iziston hududida yirik jinoiy guruh bostirib kirgan edi. O‘shanda, ularga qarshi qurolli kuchlardan foydalanishga to‘g‘ri kelgan edi", — degan Putin "Mir" telekanali bilan suhbatda.
"Biz bu Rossiya uchun qanchalik xavfli ekanini juda yaxshi tushunamiz. Tojikistonda 201-harbiy bazamiz faoliyat yuritishi ham tasodifiy emas. U mintaqadagi barqarorlikning muhim elementi. Shu boisdan ham birinchi tahdid — bu albatta, Afg‘oniston hududidan kelib chiqayotgan terrorizm tahdididir. Ammo, toliblarga keladigan bo‘lsak, dunyoning ko‘plab mamlakatlari ushbu tashkilot bilan u yoki bu ma'noda aloqada. Albatta, ular orasida radikallar bor. Biroq, biz BMT va boshqa hamkorlarimiz singari Afg‘onistondagi har qanday kuchlar bilan Afg‘oniston konstitutsiyasini tan olish, qurolsizlanish va milliy birlikka erishish nuqtainazaridan hamkorlik qilishga tayyormiz", — degan Putin.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
09:05 / 17.06.2026